Tuman xoʻjaliklari, tashkilotlari, muqobil mashina-traktor parklari va kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari hisobidagi avtomobillar, tirkamalar, boshqa transport vositalari va shaxsiy avtotransportlarni 2013-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (51-son)
24.01.2013
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini bajarilishini taʼminlash borasida tuman xoʻjaliklari, tashkilotlar, muqobil mashina-traktor parklari, kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarning shaxsiy transport vositalarini yoʻl harakati qoidalari va texnik foydalanish talablariga javob berishni hamda hujjatlarni yuritilishini koʻrib chiqish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi barcha turdagi transport traktorlari hamda avtomototransportlar, tirkamalar yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda yillik majburiy texnik koʻrikni oʻtkazuvchi tuman komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2013-yil texnika koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tegishli tashkilotlar rahbarlari texnik koʻrikni oʻtkazuvchi komissiya aʼzolarini 2013-yil 1-yanvardan 31-iyulgacha komissiya ishida qatnashishini taʼminlasinlar.
5. Transport vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasiga:
koʻrikni belgilangan jadval asosida tashkil etish;
tashkilotlar, muqobil mashina-traktor parklari, kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari tomonidan barcha texnika vositalarini koʻrikka jadvalda belgilangan kunga toʻliq tayyorlanishini taʼminlash;
haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish vazifalari topshirilsin.
6. Yuridik shaxslar hisobidagi avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan taqdim etilgan jadval asosida tashkil qilinsin.
7. Tumandagi barcha tashkilot, korxona, muqobil mashina-traktor parklari haydovchilarini qayta tayyorlash va oʻqitish viloyat avtohavaskorlar jamiyatining tuman boʻlimi (B. Razzoqov)ga yuklatilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Imomaliyev va tuman IIB YHXG boshligʻi serjant A. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v.b M. DEXQONOV
Uchkoʻprik q.,
2013-yil 24-yanvar,
51-son
Tuman hokimining 2013-yil 24-yanvardagi 51-sonli qaroriga ILOVA
Tumanda yillik majburiy texnik koʻrikni oʻtkazuvchi tuman komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2013-yil 24-yanvardagi 51-sonli qaroriga 2-ILOVA
Uchkoʻprik tumani hududidagi tashkilotlar, muqobil MMTPlar, kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari hisobidagi avtotransportlarni 2013-yil 1-yanvardan 30-iyul kuniga qadar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
REJA-JADVALI
