Toshkent shahar hokimining 2013-yil 8-apreldagi “Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida (228/4-25-son)
09.04.2013
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimining 2013-yil 8-apreldagi “Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlansin.
2. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlariga saylov okrugrlarida Toshkent shahar hoqimining 2013-yil 8-apreldagi “Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi qaroridan kelib chiqadigan vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish ishlari topshirilsin.
3. Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonovga Toshkent shahar hokimining 2013-yil 8-apreldagi “Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosi yuzasidan 2013-yil va 2014-yil yakunlari boʻyicha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga axborot kiritish topshirilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-aprel,
228/4-25-son
