Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarida undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida (239/4-25-son)
09.04.2013
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2013-yil 7-yanvardagi 1-sonli hamda 2013-1-sonli qarori bilan “Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari” tasdiqlanganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning minimal miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
“Iste'molda bo'lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari va “O'rikzor ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari 1-1 va 1-2 ilovaga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarining miqdorlari 2 va 2.1.—ilovalarga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining minimal miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va qurilmalar egalaridan bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi miqdorlari 4-ilovaga muvofiq.
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (R.Abdumajitov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar boʻlimi (R.Raimov), Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi (U.Baxodirov), “Toshbozorsavdo” uyushmasi (A.Xamrayev):
bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati bilan birgalikda bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Axborot xizmati (X.Ermatov), “Vecherniy Tashkent” va “Toshkent oqshomi” tahririyati (A.Akromov): mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinsin.
4. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2012-yil 18-apreldagi “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarida undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 144/4-13-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-aprel,
239/4-25-son
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2013-yil 9-apreldagi 239/4-25-sonli qaroriga 1-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari
Izoh: 1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1 — 1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmol mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulotlar turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2013-yil 9-apreldagi 239/4-25-sonli qaroriga 1-1-ILOVA
“Iste'molda bo'lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2013-yil 9-apreldagi 239/4-25-sonli qaroriga 1-2-ILOVA
“O'rikzor ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2013-yil 9-apreldagi 239/4-25-sonli qaroriga 2-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarining miqdorlari
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2013-yil 9-apreldagi 239/4-25-sonli qaroriga 2-1-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarining miqdorlari
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2013-yil 9-apreldagi 239/4-25-sonli qaroriga 3-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining minimal miqdorlari (1 kv.m. uchun bir oylik mingsoʻm hisobida)
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2013-yil 9-apreldagi 239/4-25-sonli qaroriga 4-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari xududidagi bino, inshoot va qurilmalar egalaridan bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi (soʻmda)
