2013-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (X-311/2-son)
06.02.2013
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-459-sonli va 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli qarorlariga asosan ishga joylashishga muhtoj, ish bilan taʼminlanmagan aholini jumladan, kasbga ega boʻlmagan yoshlarni, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17 va 22-moddalari hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boʻlmagan aholining (kasbga ega boʻlmagan yoshlarni) bandligini taʼminlash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shuningdek tumanning qishloq xoʻjaligi, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga koʻmaklashishni tashkil etish yuzasidan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi taklifi maʼqullansin.
2. Ishsizlarni vaqtinchalik ish bilan band qilish maqsadida tumandagi fermer xoʻjaliklari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda amalda boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlaridan (ishbay narxlar) kelib chiqqan holda, amalda bajarilgan ish uchun ammo, amalda ishlagan vaqt uchun ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdorining 15 foiziga koʻpaytirilganidan kam boʻlmagan miqdorda (agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa) ish haqi toʻlansin.
4. Tuman bandlikka koʻmaklashuvchi markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning kasb mahoratini, tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini jamoat ishini tashkil etayotgan tegishli korxona, tashkilot va muassasadagi ishning turi va zaruriy mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori I.Atavullayev zimmasiga yuklatilsin.
5. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari uchun mablagʻ ajratish Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17 va 22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 353-sonli Nizomning 23-bandiga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash ish beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari, shuningdek mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish, bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining:
joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilish belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 353-sonli Nizomning 25-bandiga muvofiq aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻlik istisno hollarda, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarjatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagi miqdorlarda :
joylardagi davlat xokimiyati organlari mulki boʻlgan korxonalarda, xoʻjalik hisobidagi korxonalardan tashqari — mehnatga haq toʻlash xarajatlarining koʻpi bilan yetmish besh foizi;
boshqa korxonalarda — mehnatga haq toʻlash uchun xarajatlarining koʻpi bilan ellik foizi qoplansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 353-sonli Nizomning 26-bandiga muvofiq oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat boʻlimlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
8. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari zimmasiga haq toʻlanadigan jamoat ishlariga qatnashayotgan fuqarolar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni (tabel) har oyning 25-sanasiga qadar tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim qilib borish hamda ularga ish haqlarining toʻliq va oʻz vaqtida oyma-oy toʻlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori I.Atavullayev, nazorat qilib borish esa tuman hokimining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.Islomov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim v.b Z.TURSUNOV
Mugʻlon sh,
2013-yil 6-fevral,
X-311/2-son
Tuman hokimining 2013-yil 6-fevraldagi X-311/2-sonli qaroriga 1-ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi tashkilot, muassasa va fermer xoʻjaliklari
R Oʻ Y X A T I
Tuman hokimining 2013-yil 6-fevraldagi X-311/2-sonli qaroriga 2-ILOVA
Bandlikka koʻmaklashuvchi markazda ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi
T A R K I B I
