Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida elektron toʻlovlar tizimi boʻyicha hisob-kitoblar yuritish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1010-1-son)
22.06.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-iyunda 1010-1 -son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni 3, 7 va 51-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida elektron toʻlovlar tizimi boʻyicha hisob-kitoblar yuritish toʻgʻrisida”gi nizomga (2001-yil 19-fevral, roʻyxat raqami 1010-son) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin va uning yangi tahriri ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-may,
10-A/3-son
