2013-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (2403-1-son)
18.06.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2403-1]
“Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 219-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 23-oktabrdagi 4-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2403, 2012-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 566-modda) bilan tasdiqlangan 2013-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari ilovaga muvofiq Fermer xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot shakli (31a-ilova) bilan toʻldirilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 10-iyun,
2-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 2-mb-son qaroriga ILOVA
Fermer xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot shakli (31a-ilova).
