Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (171-son)
14.06.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmolini yanada tartibga solish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2013-yil 1-avgustdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir hafta muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning amalga oshirilishini hamda uning talablariga barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan rioya etilishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar;
bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiqlashtirsinlar;
suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-iyun,
171-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 171-son qaroriga ILOVA
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-martdagi 82-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
2. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan tegishli vakolatli organlar (keyingi oʻrinlarda ruxsat beruvchi organlar deb ataladi) tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvning holatiga va suv obyektlariga taʼsir koʻrsatuvchi maxsus inshootlar va qurilmalar qoʻllanilgan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish hisoblanadi. Maxsus inshootlar va qurilmalar qoʻllanilmasdan, biroq suv va suv obyektlarining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli ham ayrim hollarda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga kiritilishi mumkin.
31. Quyidagilardan:
belgilangan tartibda hisobga olinmagan suvdagi quduqlardan;
guruhli suv olish uchun (ikki va undan ortiq quduqlardan) belgilangan tartibda tasdiqlanmagan yer osti suvlari ekspluatatsiya zaxiralaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmaydi).
II. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berishga vakolatli organlar
4. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma:
viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga molik tabiiy suv obyektlari suvidan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga, katta va alohida muhim suv, energetika va kommunal-maishiy obyektlardan foydalanuvchi ayrim tashkilotlarga — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan;
viloyat, tumanlararo va tuman ahamiyatga molik tabiiy suv obyektlaridan suv olinganda — ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi.
5. Sunʼiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma:
viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga molik suv obyektlaridan suv olinganda — irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga, shuningdek katta va alohida muhim suv, energetika va kommunal-maishiy obyektlardan foydalanuvchi alohida tashkilotlarga — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
viloyat yoki tumanlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan suv olinganda — irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga — irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari tomonidan;
tuman ahamiyatga molik suv obyektlaridan suv olinganda — suvdan foydalanuvchilar uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga — irrigatsiya tizimlari boshqarmalari tomonidan;
qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan suv olinganda — oʻzlari xizmat koʻrsatadigan zonada joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hamda boshqa suv isteʼmolchilariga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda — suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan beriladi.
6. Tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan:
er usti suvlaridan foydalanilganda — qishloq va suv xoʻjaligi organlari;
yer osti suvlaridan (shu jumladan buloq suvlaridan) foydalanilganda — geologiya va mineral resurslar organlari;
mineral va termal suvlardan foydalanilganda — yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari bilan kelishilgan holda beriladi.
7. Ichish, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsion, baliqchilik xoʻjaligi va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, suv taʼminoti manbalaridan qatʼi nazar, suv olinganda, shuningdek oqova suvlar suv obyektlariga va joy relyefiga oqizib yuborilganda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilishi kerak.
8. Qishloq va suv xoʻjaligi organlari, shuningdek ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari davolash toifasiga kiritilgan suv obyektlaridan, istisno hollarda, boshqa maqsadlarda foydalanishga yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish, sogʻliqni saqlash, kurortlar boshqarmasining tegishli organlari bilan kelishgan holda ruxsat berishlari mumkin.
III. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun materiallarni tayyorlash, ruxsatnoma loyihasini kelishish va ruxsatnomalarni berish
9. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun materiallarni tayyorlash, ruxsatnoma loyihasini kelishish va ruxsatnomalarni berish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
10. Suvdan maxsus foydalanish yoki suv isteʼmoli uchun ruxsatnoma suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli turiga koʻra quyidagicha rasmiylashtiriladi va beriladi:
ushbu Nizomga 2-ilovadagi shakl boʻyicha — sanoat, kommunal, transport va boshqa noqishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun suv obyektlaridan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun;
ushbu Nizomga 3-ilovadagi shakl boʻyicha — irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari uchun;
ushbu Nizomga 4-ilovadagi shakl boʻyicha — suv omborlaridan (gidrouzellardan) foydalanish boshqarmalari uchun;
ushbu Nizomga 5-ilovadagi shakl boʻyicha — irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun;
ushbu Nizomga 6-ilovadagi shakl boʻyicha — nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, shuningdek nasos stansiyalarining boshqa boshqarmalari uchun;
ushbu Nizomga 7-ilovadagi shakl boʻyicha — melioratsiya ekspeditsiyalari uchun;
ushbu Nizomga 8-ilovadagi shakl boʻyicha – suv isteʼmolchilari uyushmalari uchun;
ushbu Nizomga 9-ilovadagi shakl boʻyicha — fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan boshqa suv isteʼmolchilari uchun.
Istisno hollarda, ayrim suvdan foydalanuvchilar yoki suv isteʼmolchilari uchun, ularning suvdan foydalanishi yoki suv isteʼmolining oʻziga xosliklari hisobga olingan holda, ruxsatnomalar shakli ushbu Nizomning 6, 7 va 8-bandlariga muvofiq, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (tabiiy suv obyektlari boʻyicha) hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (sunʼiy suv obyektlari boʻyicha), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
11. Ishlayotgan, loyihalashtirilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarda amalga oshirish moʻljallanayotgan suvdan maxsus foydalanish yoki maxsus suv isteʼmolining barcha turlariga bitta ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Suvdan foydalanuvchilar yoki suv isteʼmolchilari yagona suv olish manbai, suv taʼminoti va suv chiqarib tashlash tizimi bilan bogʻliq boʻlmagan, bir-biridan uzoqdagi bir necha maydonlarda joylashgan taqdirda suvdan foydalanuvchiga yoki suv isteʼmolchisiga bir nechta ruxsatnoma berilishi mumkin.
Bunda bir yoki bir nechta ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qaror suvdan foydalanish, suv isteʼmoli va suv chiqarib tashlash xususiyati va sharoitlari, shuningdek suv obyekti va oqova suvlarni qabul qiluvchining turini hisobga olgan holda ruxsatnomalar berish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan qabul qilinadi.
12. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish yangi obyektlarini qurishda, shuningdek ishlayotganlarini rekonstruksiya qilishda ruxsatnoma obyektlarni qurish uchun yer maydoni tanlash boʻyicha ishlar tarkibida buyurtmachi tomonidan, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
13. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi:
ushbu Nizomga 10 — 18-ilovalarga muvofiq roʻyxatga binoan materiallarni tayyorlaydi;
ushbu Nizomga 2 — 9-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha (istisno hollarda alohida shakl boʻyicha) suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma loyihasini mustaqil ravishda yoxud shartnoma asosida jalb etilgan tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqadi. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma loyihasi uch nusxada tayyorlanadi, yer osti manbalaridan suv olishda esa — toʻrt nusxada tayyorlanadi;
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma loyihasini (tadbirkorlik subyektlari, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilari bundan mustasno) ushbu Nizomning 6, 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan tegishli organlar bilan kelishadi.
14. Tadbirkorlik subyektlarining, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilarining suvdan maxsus foydalanishi yoki suvni maxsus isteʼmol qilishi uchun ruxsatnoma loyihasini kelishish suvdan maxsus foydalanish va suv isteʼmoliga ruxsatnoma olish uchun ariza berilgandan keyin ruxsatnoma beruvchi tegishli organlar tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
15. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma loyihasini ushbu Nizomning 5-bandi beshinchi xatboshida va 6, 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan organlar (keyingi oʻrinlarda kelishish organlari deb ataladi) tomonidan kelishish ushbu Nizomga 10 — 18-ilovalarga muvofiq roʻyxatga binoan tayyorlangan materiallar taqdim etilgan holda suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisining, shuningdek ruxsat beruvchi organlar (tadbirkorlik subyektlari, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilari uchun) yozma murojaat qilgan kundan boshlab bir hafta muddatda amalga oshiriladi.
16. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani kelishish rad etilgan yoki uning loyihasini puxta ishlash zarur boʻlgan taqdirda ruxsatnomani kelishish organlari asosli xatni rasmiylashtirishlari va yozma murojaat qilingan kundan boshlab besh kun muddatda, belgilangan tartibda ariza beruvchiga yuborishlari kerak.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqish yozma murojaat qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
17. Suvdan maxsus foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi (tadbirkorlik subyektlari, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilari bundan mustasno) ruxsatnoma loyihasi kelishilgandan keyin suvdan maxsus foydalanish yoki suv isteʼmoli uchun ruxsatnomalar berish toʻgʻrisida tegishli ruxsatnoma berish organlariga ariza beradi.
18. Ariza suvdan maxsus foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisining imzosi (mansabdor shaxsning) va muhri bilan tasdiqlanadi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizaga:
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsat beruvchi organlar bilan kelishilgan (tadbirkorlik subyektlari, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilari bundan mustasno) ruxsatnoma loyihasi (uch nusxada, yer osti manbalaridan suv olingan taqdirda — toʻrt nusxada);
ushbu Nizomga 10 — 18-ilovalarga muvofiq roʻyxatlar boʻyicha tegishli materiallar ilova qilinadi.
19. Tadbirkorlik subyektlari, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilari suvdan maxsus foydalanish va suv isteʼmoli uchun ruxsatnoma olish uchun arizani suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma loyihasini ruxsatnoma berish organiga kelishuvsiz taqdim etadilar.
20. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma ruxsatnoma berish organlari tomonidan suvdan foydalanuvchilar yoki suv isteʼmolchilarining yozma arizasi olingan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Yer osti suvlaridan foydalanish boʻyicha suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomaga suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisining suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv hajmining zarur tarzdagi hisobi yuritilishi, suv bulgʻanishi va kamayib ketishining oldini olish, shuningdek vakolatli davlat organlariga belgilangan tartibda muntazam ravishda hisobot taqdim etish boʻyicha majburiyatlari ilova qilinadi.
21. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani berish rad etilgan yoki ruxsatnoma loyihasini puxta ishlash zarur boʻlgan taqdirda ruxsatnoma berish organlari ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan muddat mobaynida asosli xat rasmiylashtirishi va uni belgilangan tartibda ariza beruvchiga yuborishi kerak.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqish ruxsatnoma berish organi tomonidan ariza olingan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
22. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun rasmiylashtirilgan ruxsatnomaning bir nusxasi suvdan foydalanuvchiga yoki suv isteʼmolchisiga, ikkinchi nusxasi — suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli uchun ruxsatnoma shartlariga rioya etishni nazorat qilish uchun tegishli ruxsatnoma berish hududiy organiga beriladi, uchinchi nusxasi ruxsatnoma berish organida qoladi.
Yer osti suvlaridan suv olinganda rasmiylashtirilgan ruxsatnomaning bir nusxasi tegishli geologiya va mineral resurslar organiga beriladi.
IV. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari
23. Yer usti suvlaridan va yer osti suvlarining tasdiqlangan ekspluatatsiya zaxiralaridan foydalanilganda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma besh yil muddatga beriladi.
231. Yer osti suvlaridan foydalanish boʻyicha suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnomaning amal qilish muddati mobaynida ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan:
har kuni maxsus jurnalda olinadigan yer osti suvlari hajmining hisobi yuritiladi;
har yili 10-yanvardan kechikmay Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalariga Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha yer osti suvlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot taqdim etiladi.
232. Yer osti suvlaridan foydalanish boʻyicha suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxslar uning amal qilishi muddati davrida Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalari va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining inspeksiyalari vakillari ishtirokida tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladigan ekspluatatsiya quduqlarini konservatsiya qilish va konservatsiya qilishdan chiqarish huquqiga egadirlar.
24. Yer osti suvlarining tasdiqlanmagan ekspluatatsiya zaxiralaridan foydalanilganda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma uch yil muddatga beriladi.
25. Ruxsatnomaning amal qilish muddati tamom boʻlishidan bir oydan kechikmay suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi ilgari berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan ruxsatnoma berish organiga murojaat qilishga haqlidir.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ushbu ruxsatnomani bergan organ tomonidan:
ruxsatnomani bergan organ masʼul shaxsining;
tegishli kelishish organlarining suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisining buyurtmasida koʻrsatilgan suv manbai va uning maqsadida, shuningdek suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining boshqa shartlarida biron-bir oʻzgarish boʻlmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tasdiqlovchi xulosasi mavjud boʻlganda uzaytiriladi va yer osti suvlaridan oqilona foydalanish boʻyicha suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish majburiyatlarini zarur tarzda bajarish.
Suv olish manbai va maqsadlari, shuningdek suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining boshqa shartlari oʻzgarmaganda ruxsatnomaning amal qilish muddati yangi muddatga (koʻpi bilan uch yilga) uzaytirilishi mumkin.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati tamom boʻlganda, shu bilan birga, suv olish manbai, maqsadlari, shuningdek suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining boshqa shartlari oʻzgarganda suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun yangi ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan ruxsat berish organiga belgilangan tartibda murojaat qiladi.
26. Obyektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish davrida suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishda ruxsatnoma ularni amalga oshirish davri uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Obyekt foydalanishga topshirilgach ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
V. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish
27. Suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, suv olish manbai va maqsadlari, shuningdek suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining boshqa shartlari oʻzgarmagan taqdirda suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida ruxsatnoma berish organiga, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
28. Suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisiga berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatish joyi oʻzgargan taqdirda, suv manbai va maqsadi, shuningdek suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining boshqa shartlari oʻzgarmaganda suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida ruxsatnoma berish organiga, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
29. Suvdan foydalanuvchilar yoki suv isteʼmolchilari uchun ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi yoxud uning huquqiy vorisi (merosxoʻri), ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisida ruxsatnoma berish organining belgisi qoʻyilgan holda, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan xatti-harakatlar va/yoki faoliyatni sodir etadi yoki amalga oshiradi.
30. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, ruxsatnoma berish organi tomonidan qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
VI. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani roʻyxatdan oʻtkazish
31. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan keyin suvdan foydalanish yoki suv isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomalar reyestriga (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) kiritiladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxs — suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va idoraviy mansubligi, jismoniy shaxs — suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va faoliyat koʻrsatish joyi;
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishning maqsadi;
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish amalga oshiriladigan suv olish manbalarining va oqova suvlarni qabul qiluvchilarning nomi;
suv olishning, aylanma va takroran foydalaniladigan suvlarning, oqova suvlarni oqizib yuborishning cheklangan hisobiy hajmi;
tozalash inshootlarining turi va ish unumi;
ruxsatnomaning tartib raqami, muddati va berilgan sanasi.
32. Ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirilgan, qayta rasmiylashtirilgan taqdirda reyestrda maxsus yozuv qayd etiladi.
33. Reyestr hisobga oluvchi ish hujjati hisoblanadi va unga tartib raqami qoʻyilgan, u ip oʻtkazib tikilgan va ruxsatnoma berish organining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
VII. Yakunlovchi qoidalar
34. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishni toʻxtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
35. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomalarni berish jarayonida paydo boʻladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
36. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlganlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomalar berishga doir materiallarni tayyorlash va ruxsatnoma loyihasini kelishish
sxemasi
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
*Izoh: yuqorida koʻrsatilgan ingrediyentlar tarkibi oqova suvlarning ifloslanganlik xususiyatiga koʻra oʻzgartirilishi yoki toʻldirilishi mumkin.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomaga ILOVA
Suv resurslarini boshqarish, ulardan maqsadli va oqilona foydalanish, shuningdek ularni hisobga olish va hisoboti irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari
roʻyxati
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 4-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomaga ILOVA
Suv resurslarini boshqarish, ulardan maqsadli va oqilona foydalanish, shuningdek ularni hisobga olish va hisoboti “____________” suv ombori (gidrouzeli)dan foydalanish boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari
roʻyxati
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 5-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomaga ILOVA
“____________________” irrigatsiya tizimi boshqarmasi xizmat koʻrsatadigan suv isteʼmolchilari uyushmalari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari
roʻyxati
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 6-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomaga ILOVA
Nasos stansiyasi, energetika va aloqa boshqarmasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan suvdan foydalanuvchilar
roʻyxati
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 7-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomaga ILOVA
Meliorativ ekspeditsiya tomonidan xizmat koʻrsatiladigan magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining
roʻyxati
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 8-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomaga ILOVA
Suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan fermer xoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa suv isteʼmolchilari
roʻyxati
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 9-ILOVA
Suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomaga ILOVA
Suv omborlaridan suv ayirish va kollektor-drenaj suvlarini oqizib yuborish tarmoqlarining roʻyxati, shuningdek ularning suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanganlik holati
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 10-ILOVA
Sanoat, kommunal, transport va boshqa noqishloq xoʻjaligi maqsadlarida suv obyektlaridan foydalanuvchi yuridik shaxslar tomonidan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan materiallar
roʻyxati
1. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida firma blankasidagi, korxonaning barcha rekvizitlari koʻrsatilgan ariza.
3. Xoʻjalik faoliyati (ishlab chiqarishning maqsadi, quvvati, texnologik sikl va boshqalar), suvni muhofaza qilishning holati, suvni chiqarib tashlash, tozalash inshootlarining tarkibi va ishi, oqova suvlarni qabul qiluvchining tavsifi, ishlaydiganlar va bir yildagi ish kunlarining soni, obodonlashtirish darajasi, aholi punktidagi aholi soni (aholi punktini suv bilan taʼminlashda), sugʻoriladigan yerlar maydonlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va boshqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
4. Suvdan maxsus foydalanishga yoki suv isteʼmoliga taalluqli loyiha-smeta hujjatlarining asosiy qoidalaridan koʻchirma.
5. Suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining maqsadi toʻgʻrisida batafsil axborot.
6. Suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi, suv obyektlari faoliyat koʻrsatish, shu jumladan suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli manbalari (suv olish va oqova suvlarni tashlash nuqtalari) hududlari joylashgan joyi koʻrsatilgan kartografik materiallar.
7. Foydalaniladigan suv obyektlarining, suv olish inshootlarining quvvati va texnika bilan jihozlanganligi (nasos agregatlari va yordamchi inshootlar, sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlari, ichimlik va texnik maqsadlarga moʻljallangan quduqlar va ulardagi inshootlar) va suvni tozalash va tayyorlash stansiyalari (ichimlik, texnik, kanalizatsiyaga oid), roʻyxatga olingan suv ayirmalari nuqtalari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati.
8. Suv ayirish tarmoqlari roʻyxati hamda suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanganligi holati toʻgʻrisidagi axborot.
9. Manbalar (er usti, yer osti, shahar suv quvurlari, shahar kanalizatsiyasi, joyning relyefi va boshqalar) boʻyicha suvdan foydalanish yoki suv isteʼmol, oqova suvlarni oqizib yuborishning loyihadagi yoki normativ-hisoblangan rejasi.
10. Suv obyektlari yoki joy relyefiga oqova suvlar tashlanadigan manba va tashlama suv resurslarining miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
11. Tozalash inshootlari ishi ustidan laboratoriya nazoratini hamda oqova suvlar bilan birga oqizib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni hisobga olishning tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
12. Yerlar kadastri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
13. Suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoqlar yonidagi polosalar, shuningdek sanitariya muhofazasi zonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularni tashkil etish va ulardan foydalanish shartlari boʻyicha aniq tadbirlar.
14. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlarining mavjudligi va ularning konstruksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (baliqchilik xoʻjaligi suv havzalarida).
15. Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha moʻljallangan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
16. Suv taʼminoti hamda oqova va jala suvlarini kanalizatsiyalash sxemasi.
17. Davlat ekologik ekspertizasi organlarining ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi arizaga (EOA) xulosasi, oqova suvlar suv obyektlari yoki joy relyefiga chiqarib tashlanadigan boʻlsa, ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy tashlamalar (YQChT)ning ekologik meʼyorlari loyihasi.
Izoh: vakolatli organlar suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu ilovada nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 11-ILOVA
Sanoat, kommunal, transport va boshqa noqishloq xoʻjaligi maqsadlarida suv obyektlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan materiallar
roʻyxati
1. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza.
3. Xoʻjalik faoliyati (ishlab chiqarishning maqsadi, quvvati, texnologik sikl va boshqalar), suvni muhofaza qilishning holati, suvni chiqarib tashlash, tozalash inshootlarining tarkibi va ishi, oqova suvlarni qabul qiluvchining tavsifi, ishlaydiganlar va bir yildagi ish kunlarining soni, obodonlashtirish darajasi, aholi punktidagi aholi soni (aholi punktini suv bilan taʼminlashda), sugʻoriladigan yerlar maydonlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va boshqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
4. Suvdan maxsus foydalanishga yoki suv isteʼmoliga taalluqli loyiha-smeta hujjatlarining asosiy qoidalaridan koʻchirma.
5. Suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining maqsadi toʻgʻrisida batafsil axborot.
6. Suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi faoliyat koʻrsatadigan uchastkasining joylashgan joyi, suv obyektlari, shu jumladan suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli uchun foydalaniladigan manbalar (suv olish va oqova suvlarni tashlash tarmoqlari) koʻrsatilgan sxema.
7. Foydalaniladigan suv obyektlarining, suv olish inshootlarining quvvati va texnika bilan jihozlanganligi (nasos agregatlari va yordamchi inshootlar, sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlari, ichimlik va texnik maqsadlarga moʻljallangan quduqlar va ulardagi inshootlar) va suvni tozalash va tayyorlash stansiyalari (ichimlik, texnik, kanalizatsiyaga oid), roʻyxatga olingan suv ayirmalari nuqtalari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati.
8. Suv ayirish tarmoqlari roʻyxati hamda suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanganligi holati toʻgʻrisidagi axborot.
9. Manbalar (er usti, yer osti, shahar suv quvurlari, shahar kanalizatsiyasi, joyning relyefi va boshqalar) boʻyicha suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli, oqova suvlarni oqizib yuborishning loyihadagi yoki normativ-hisoblangan rejasi.
10. Suv obyektlari yoki joy relyefiga oqova suvlar tashlanadigan manba va tashlama suv resurslarining miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
11. Tozalash inshootlari ishi ustidan laboratoriya nazoratini hamda oqova suvlar bilan birga oqizib yuboriladigan ifloslantiruvchi moddalarni hisobga olishni tashkil etish toʻgʻrisidagi axborot .
12. Yerlar kadastri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
13. Suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoqlar yonidagi polosalar, shuningdek sanitariya muhofazasi zonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularni tashkil etish va ulardan foydalanish shartlari boʻyicha aniq tadbirlar.
14. Baliqlarni muhofaza qilish inshootlarining mavjudligi va ularning tuzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (baliqchilik xoʻjaligi suv havzalarida).
15. Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha moʻljallangan tadbirlar.
16. Oqova va jala suvlari bilan taʼminlash va ular uchun kanalizatsiya qurish sxemasi.
17. Davlat ekologik ekspertizasi organlarining ekologik oqibatlar toʻgʻrisidagi arizaga (EOA) xulosasi, oqova suvlar suv obyektlari yoki joy relyefiga chiqarib tashlanadigan boʻlsa, ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy tashlamalar (YQChT)ning ekologik meʼyorlari loyihasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 12-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan materiallar
roʻyxati
1. Havza boshqarmasining suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida firma blankasidagi, korxonaning barcha rekvizitlari koʻrsatilgan arizasi.
2. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari roʻyxati. Suv xoʻjaligi obyektlarining asosiy tavsiflari (uzunligi, eng koʻp suv sarfi, suv taqsimlash inshootlarining soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, foydali ish koeffitsiyenti). Gidrotexnika inshootlarining texnik jihozlanganligi va loyihadagi quvvati.
3. Havza boshqarmasi va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerlarning masshtabli (1:50000) xaritasi, unda suv obyektlari (daryolar, soylar, irrigatsiya va kollektor-drenaj tizimlari, nasos stansiyalari, sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlari, ulardagi asosiy inshootlar), roʻyxatdan oʻtkazilgan suv taqsimlash tarmoqlari va boshqalar koʻrsatiladi.
4. Havza boshqarmasi va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ xaritasi hamda meliorativ holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5. Havza boshqarmasi xizmat koʻrsatadigan sugʻoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining asosiy turlari.
6. Havza boshqarmasi xizmat koʻrsatadigan zonalarining gidromodul rayoni va qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish rejimi toʻgʻrisidagi axborot.
7. Irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar boʻyicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
8. Havza boshqarmasi foydalanadigan kollektor-drenaj tarmogʻi suvlarining sarfi va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
9. Irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni hisobga olish, shuningdek ularning sifatini yaxshilash tadbirlari rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 13-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun suv omborlari (gidrouzellar)dan foydalanish boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan materiallar
roʻyxati
1. “____________” suv ombori (gidrouzeli)dan foydalanish boshqarmasining suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida firma blankasidagi, korxonaning barcha rekvizitlari koʻrsatilgan arizasi.
2. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalarining roʻyxati. Suv xoʻjaligi obyektlarining asosiy tavsiflari (uzunligi, suv sarflashning eng koʻp miqdori, suv ayirgichlarning soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, foydali ish koeffitsiyenti). Gidrotexnika inshootlarining texnika bilan jihozlanganligi va loyihadagi quvvati.
3. “____________” suv ombori (gidrouzeli)dan foydalanish boshqarmasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerlarning masshtabli (1:50000) xaritasi, unda suv obyektlari (daryolar, soylar, irrigatsiya va kollektor-drenaj tizimlari, nasos stansiyalari, ulardagi asosiy inshootlar), suv olishlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan tarmoqlari va boshqalar koʻrsatiladi.
4. “____________” suv ombori (gidrouzeli)dan foydalanish boshqarmasi xizmat koʻrsatadigan sugʻoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari toʻgʻrisidagi axborot.
5. “____________” suv ombori (gidrouzeli)dan foydalanish boshqarmasi xizmat koʻrsatadigan qishloq xoʻjaligi ekinlari zonalarining gidromodul rayoni va sugʻorish rejimlari toʻgʻrisidagi axborot.
6. Irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, manbalar boʻyicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
7. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni hisobga olish, shuningdek ularning sifatini yaxshilash tadbirlari rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 14-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun irrigatsiya tizimi boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan materiallar
roʻyxati
1. Irrigatsiya tizimi boshqarmasining suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida firma blankasidagi, korxonaning barcha rekvizitlari koʻrsatilgan arizasi.
2. Korxona balansida boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarining roʻyxati, ularning texnik tavsiflari (uzunligi, suv oʻtkazish quvvati, gidrotexnika inshootlarining, shu jumladan suv ayirgichlarning soni va nomi, filtrlanishga qarshi tadbirlar, kanallar va irrigatsiya tizimining foydali ish koeffitsiyenti va boshqalar).
3. Xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilari uyushmalarining, ilovaga muvofiq boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining roʻyxati.
4. Boshqarma tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerlarning masshtabli (1:25000 yoki 1:50000) xaritasi, unda xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilari uyushmalarining, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv obyektlarining (irrigatsiya va kollektor-drenaj tizimlari, nasos agregatlari, sugʻorish quduqlari hamda vertikal drenaj quduqlari va ulardagi asosiy inshootlarning), suv ayirgichlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan tarmoqlarining chegaralari va boshqalar koʻrsatiladi.
5. Boshqarma tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ xaritasi hamda meliorativ holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
6. Boshqarma xizmat koʻrsatadigan sugʻoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining asosiy turlari toʻgʻrisidagi axborot.
7. Boshqarma xizmat koʻrsatadigan qishloq xoʻjaligi ekinlari zonalarining gidromodul rayonlari va sugʻorish rejimlari toʻgʻrisidagi axborot.
8. Suv obyektining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar boʻyicha suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
9. Boshqarma foydalanadigan kollektor-drenaj tarmogʻi suvlarining sarflanishi va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
10. Irrigatsiya tizimi va xoʻjalik sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, drenaj suvlarini oqizib yuborishni kamaytirish va ularning sifatini yaxshilash tadbirlari rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 15-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun nasos stansiyalari boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan materiallar
roʻyxati
1. “_________________” nasos stansiyalari boshqarmasining suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida firma blankasidagi, korxonaning barcha rekvizitlari koʻrsatilgan arizasi.
2. “__________________” nasos stansiyalari boshqarmasi balansidagi nasos stansiyalari va sugʻorish quduqlari roʻyxati, suv olish manbalari va joyi, asosiy parametrlari, suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanganlik, xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan maydon, shuningdek xizmat koʻrsatiladigan zonadagi suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari roʻyxati.
3. “_______________” nasos stansiyalari boshqarmasi balansidagi meliorativ nasos stansiyalari va vertikal drenaj quduqlari roʻyxati, suv olish manbai va suv qabul qiluvchining nomi, suv olish joylari, asosiy parametrlari, suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanganlik, xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan (melioratsiyalanadigan) maydon, shuningdek xizmat koʻrsatiladigan zonadagi suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari roʻyxati.
4. Ushbu ruxsatnomaning ilovasiga muvofiq xizmat koʻrsatiladigan magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suv omborlari boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiya, uning meliorativ tizimlari, rayonlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari roʻyxati.
5. “__________________” nasos stansiyalari boshqarmasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan viloyat sugʻoriladigan yerlarining masshtabli (1:25000 yoki 1:50000) xaritasi, unda irrigatsiya tizimi boshqarmalari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari chegaralari, suv obyektlari (irrigatsiya va kollektor-drenaj tizimlari, nasos stansiyalari, sugʻorish quduqlari hamda vertikal drenaj quduqlari va ulardagi asosiy inshootlar), suv ayirgichlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan tarmoqlari va boshqalar koʻrsatiladi.
6. Manbalar boʻyicha suvdan foydalanuvchilarning hisob-kitob rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
7. Boshqarma foydalanadigan kollektor-drenaj tarmogʻi suvlarining sarflanishi va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
8. Suv resurslarini hisobga olishni tashkil etish tadbirlari rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 16-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun meliorativ ekspeditsiyalar tomonidan taqdim etiladigan materiallar
roʻyxati
1. Meliorativ ekspeditsiyaning suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida firma blankasidagi, korxonaning barcha rekvizitlari koʻrsatilgan arizasi.
2. Meliorativ ekspeditsiya balansidagi meliorativ tizimlarning va asosiy kollektorlarning, gidrotexnika inshootlarining, shu jumladan gidropostlar, meliorativ tarmoq, suv qabul qiluvchilarning roʻyxati, ularning texnik tavsiflari (nomi, uzunligi, suv oʻtkazish quvvati, oʻrtacha koʻp yillik kollektor-drenaj oqimlari, kollektor-drenaj suvlarining sifati va boshqalar).
3. Ilovaga muvofiq meliorativ ekspeditsiya tomonidan xizmat koʻrsatiladigan magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining roʻyxati.
4. Meliorativ ekspeditsiya tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerlarning masshtabli (1:25000 yoki 1:50000) xaritasi, unda meliorativ tizimlar va rayonlar, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari chegaralari, suv obyektlari (irrigatsiya va meliorativ tizim, kollektor-drenaj suvlarini qabul qiluvchilar, meliorativ tizimlarda oʻrnatilgan nasos stansiyalari, vertikal drenaj quduqlari, ulardagi asosiy inshootlar), suv ayirgichlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan suv oqizish tarmoqlari va boshqalar koʻrsatiladi.
5. Meliorativ ekspeditsiya tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ xaritasi, meliorativ holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
6. Meliorativ ekspeditsiya tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining asosiy turlari toʻgʻrisidagi axborot.
7. Suvdan foydalanishning hisob-kitob rejasi va suv olishning hamda meliorativ tizimlardan kollektor-drenaj suvlarini oqizib yuborishning cheklangan hajmi.
8. Kollektor-drenaj tarmogʻi suvining sarflanishi va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
9. Meliorativ tizimning ishonchliligini oshirish tadbirlari, yerlarning meliorativ holati monitoringi, kollektor-drenaj suvlarini oqizib yuborish hisobini yuritish, uning sifatini yaxshilash va miqdorini kamaytirish rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 17-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan taqdim etiladigan materiallar
roʻyxati
1. Suv isteʼmolchilari uyushmasining (keyingi oʻrinlarda uyushma deb ataladi) suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida firma blankasidagi, uning barcha rekvizitlari koʻrsatilgan arizasi.
2. Uyushmaning viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatdan oʻtkazilgan ustavi nusxasi.
Uyushma balansidagi obyektlarning roʻyxati, nomi va tavsiflari (uzunligi, suv sarflashning eng koʻp miqdori, suv ayirgichlarning soni va nomi, qoplamalarning mavjudligi, foydali ish koeffitsiyenti). Gidrotexnika inshootlarining texnika bilan jihozlanganligi va loyihadagi quvvati.
3. Xizmat koʻrsatiladigan suv isteʼmolchilari va suvdan foydalanuvchilarning roʻyxati, unda ularning yer maydonlari va sugʻoriladigan yerlarining meliorativ holati tavsifi, shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
4. Uyushma tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerlarning masshtabli (1:10000) xaritasi, unda fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilari sugʻoriladigan yerlarining chegaralari, ularning sugʻoriladigan uchastkalari konturlari, foydalaniladigan suv obyektlari (sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, nasos agregatlari, sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlari va ulardagi asosiy inshootlar), roʻyxatdan oʻtkazilgan suv taqsimlash tarmoqlari va boshqalar koʻrsatiladi.
5. Uyushma tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ xaritasi hamda ularning meliorativ holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
6. Uyushma xizmat koʻrsatadigan sugʻoriladigan maydonda joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining asosiy turlari toʻgʻrisidagi axborot.
7. Uyushma xizmat koʻrsatadigan zonalarining gidromodul rayoni va qishloq xoʻjaligi ekinlari sugʻorish rejimlari toʻgʻrisidagi axborot.
8. Sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar boʻyicha uyushma tomonidan suvdan foydalanishning hisoblangan rejasi va suv olishning cheklangan hajmi.
9. Uyushma foydalanadigan kollektor-drenaj tarmogʻi suvlarining sarfi va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
10. Sugʻorish tarmogʻi foydali ish koeffitsiyentini oshirish, ularning texnik holatini, suv resurslarini hisobga olishni yaxshilash va ulardan oqilona foydalanish, drenaj suvlarini oqizib yuborishni qisqartirish va ularning sifatini yaxshilash tadbirlari rejasi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 18-ILOVA
Suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma olish uchun suv isteʼmolchilari uyushmalari xizmat koʻrsatadigan fermer yoki dehqon xoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa suv isteʼmolchilari tomonidan taqdim etiladigan materiallar
roʻyxati
1. Suv isteʼmolchilari uyushmasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan fermer yoki dehqon xoʻjaligi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hamda boshqa suv isteʼmolchisining maxsus suv isteʼmoliga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizasi firma blankasida, ularning barcha rekvizitlari koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi.
3. Suv isteʼmolchilari uyushmasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan fermer yoki dehqon xoʻjaligi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hamda boshqa suv isteʼmolchisi yer uchastkasining tuman yer resurslari boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan masshtabli (1:10000) xaritasi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
uni sugʻoriladigan uchastkalarining konturlari, ularni maydonlari va ball boniteti;
foydalaniladigan suv obyektlari (sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, nasos agregatlari, sugʻorish quduqlari, vertikal drenaj quduqlari va ulardagi inshootlar), ruxsat etilgan suv taqsimlash tarmoqlari va boshqalar koʻrsatiladi.
4. Suv olish inshootlarining va kollektor-drenaj suvlarini oqizib yuborish inshootlarining roʻyxati, shuningdek ularning suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanganlik holati.
5. Suv isteʼmolchilari uyushmasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan fermer yoki dehqon xoʻjaligi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hamda boshqa suv isteʼmolchisining sugʻoriladigan yer uchastkasida joylashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari toʻgʻrisidagi axborot. Oxirgi uch yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarining amalda joylashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (statistika organlari maʼlumotlari boʻyicha).
6. Meliorativ kartogramma va meliorativ ekspeditsiya maʼlumotlari boʻyicha fermer yoki dehqon xoʻjaligi sugʻoriladigan maydonining meliorativ holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
7. Suv isteʼmolchilari uyushmasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan fermer yoki dehqon xoʻjaligi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hamda boshqa suv isteʼmolchisi sugʻoriladigan uchastkasining gidromodul rayoni va qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish rejimi toʻgʻrisidagi axborot.
8. Suv isteʼmolining hisoblangan rejasi va sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini hisobga olgan holda manbalar boʻyicha suv olishning cheklangan hajmi (hajm-netto, hajm-brutto).
Meliorativ ekspeditsiya maʼlumotlari boʻyicha kollektor-drenaj suvlarining normativ-hisoblangan hajmi.
9. Meliorativ ekspeditsiya maʼlumotlari boʻyicha fermer xoʻjaligi tomonidan foydalaniladigan kollektor-drenaj suvining sifati va ifloslanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
10. Sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, uning texnik holatini yaxshilash, suv resurslarini hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish, drenaj suvlarini qisqartirish va ularning sifatini yaxshilash va boshqalar boʻyicha moʻljallangan tadbirlar toʻgʻrisidagi axborot.
Izoh: vakolatli organlar suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu ilovada nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
