Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida (PF-2552-son)
23.02.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmogʻini boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining, “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining, charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, charmdan foydalangan holda poyabzal, charm-galantereya hamda tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning quyidagi takliflari qabul qilinsin:
“Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibidan chiqish;
“Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasini “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi etib qayta tashkil qilish, qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining charm, moʻyna (qorakoʻldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, sunʼiy charm, charm-galantereya buyumlari, poyabzal, charmga ishlov berish uchun oshlovchi moddalar ishlab chiqarish boʻyicha “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibida boʻlgan korxonalarni ixtiyoriylik asosida uning tarkibiga kiritish.
2. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi respublikada charm xom ashyosining bosh tayyorlovchisi etib belgilansin va “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi mana shu ishlarni amalga oshirishdan ozod qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 23-fevral,
PF-2552-son
