Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (2024-1-son)
15.06.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizligi xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 15-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2024-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF–4475-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 52-son, 589-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2009-yil 16-oktabrdagi 10, 12, 281, 100, 90, 01-02/5-27, 325-son qarori (roʻyxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 473-modda) bilan tasdiqlangan Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasidagi “Davlat Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining” degan soʻzlar “Davlat bojxona qoʻmitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-may,
5-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-may,
11-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-may,
4-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-may,
50-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-may,
33-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-may,
01-02/5-5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-may,
22-mx-son
