Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2467-son)
12.06.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 12-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2467]
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 12-sentabrdagi 2003-67, 01-02/19-36, 240-V-son “Yuridik shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1281, 2003-yil 4-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 19-20-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 22-iyuldagi 2004-52, 01-02/19-30, 240-V-1-son “Yuridik shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1281-1, 2004-yil 4-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 360-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 15-dekabrdagi 2008-45, 01-02/19-58, 240-V-2-son “Yuridik shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1281-2, 2008-yil 23-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 534-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2009-yil 9-dekabrdagi 2009-32, 01-02/19-29, 240-V-3-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1281-3, 2009-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 584-modda).
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-aprel,
2013-7-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-aprel,
01-02/19-22-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-aprel,
7/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22, 7/4-son qaroriga ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish va pul mablagʻlarining xorijga asossiz oʻtkazilishi alomatlarini aniqlash tartibini belgilaydi.
I. Maʼlumot taqdim etish
1. Tijorat banklarining filiallari mijozlar tomonidan amalga oshirilgan quyida koʻrsatilgan har qanday alomatga ega boʻlgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotni bosh tijorat bankiga taqdim etadi:
a) mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdagi imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda maʼlumotlarni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hududlarda (offshor hududlarda) roʻyxatdan oʻtgan norezidentlar foydasiga, shuningdek norezidentlarning offshor hududlarda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga shartnoma (kontrakt) boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl boʻyicha);
b) rezidentlar tomonidan eksport-import shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganliklari va yetkazib berish yoki toʻlov muddatlariga rioya qilmaganliklari uchun kontragent-norezidentlarga jarima toʻlanishi (mazkur Nizomning 2a-ilovasidagi shakl boʻyicha);
v) import shartnomalari boʻyicha ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, royalti boʻyicha toʻlov, shuningdek chet el taʼsischilariga dividendlarni oʻtkazib berish yoki foydani repatriatsiya qilish yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shakl boʻyicha);
g) norezidentlarga ular yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalar, ulushlar (paylar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mulkni realizatsiya qilganliklari uchun toʻlovlar amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 3a-ilovasidagi shakl boʻyicha);
d) rezident tomonidan kredit shartnomasi (qarz shartnomasi) boʻyicha norezident foydasiga (xalqaro moliya institutlari va chet el banklari tomonidan berilgan kredit (qarz)lardan tashqari) toʻlovlar amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 3b-ilovasidagi shakl boʻyicha);
e) jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan jismoniy shaxslarning xorijdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazmasi, agar bir kalendar yili davomida oʻtkazma summasining ekvivalenti yuz million soʻmdan ortiq boʻlsa (mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl boʻyicha);
j) chet eldan jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining hisobvaragʻiga xorijiy yuridik shaxslardan pul mablagʻlarining kelib tushishi (mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl boʻyicha).
2. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumot har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ushbu Nizomning 2 — 4-ilovalariga muvofiq shakllarda (shu jumladan, aloqa kanallari orqali elektron koʻrinishda) har hisobot oyi uchun alohida joʻnatiladi.
Tijorat banklarining filiallari mijozlarning tashqi savdo shartnomalari boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni ham taqdim etadilar.
3. Bosh tijorat banklari oʻzlarining filiallaridan kelib tushgan maʼlumotlarni umumlashtiradi va har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yigʻma maʼlumotlarni elektron koʻrinishda mazkur Nizomning 2 — 4-ilovalariga muvofiq shakllarda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga har hisobot oyi uchun alohida joʻnatadilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga quyidagi faktlar aniqlangan taqdirda maʼlumotni mazkur Nizomning 5 va 6-ilovalariga muvofiq shakllarda onlayn rejimda elektron koʻrinishda joʻnatadi:
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organiga tovarning faktura qiymatini eksport qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning maʼlum qilingan qiymatiga nisbatan asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganda (tasdiqlovchi hujjatlar hamda xulosa ilova qilingan holda);
shartnoma boʻyicha kontragent boʻlmagan tovar yetkazib beruvchilar tomonidan tovar yetkazib berilganlik faktlari aniqlanganda;
II. Monitoring olib borish
6. Davlat soliq xizmati organlari tijorat banklari va davlat bojxona xizmati organlaridan olingan maʼlumotni elektron axborot bazalaridagi hamda soliq organlarida mavjud boshqa maʼlumotlar asosida monitoring qiladi.
Monitoring jarayonida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi buzilganlik holatlari aniqlanganda, xoʻjalik yurituvchi subyektga valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarni va axborotlarni taqdim etish yuzasidan yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Soʻrovnoma elektron hujjat tarzida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Yuborilgan hujjat oʻqib chiqilgandan keyin, lekin ushbu soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar xoʻjalik yurituvchi subyektning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, soʻrovnoma Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimidan foydalanilgan holda pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yuboriladi hamda belgilangan nazorat muddatlarida yetkazib berilgan hisoblanadi.
Soʻrovnomada koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va axborotlar soliq organiga soʻrovnoma olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida taqdim etilishi lozim.
Toʻliq boʻlmagan hujjatlar yoki axborotlar taqdim etilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi tomonidan mazkur bandning uchinchi — beshinchi xatboshilarida belgilangan tartibda qoʻshimcha axborot va hujjatlarni taqdim etish yuzasidan soʻrovnoma yuboriladi.
Davlat soliq xizmati organlari monitoring natijasida mablagʻlarning xorijga asossiz oʻtkazilishi yoki tovarlar qiymatini bojxona rasmiylashtiruvida asossiz ravishda oshirilishi (kamaytirilishi) holatlari bilan bogʻliq shubhali operatsiyalarni aniqlagan taqdirda tijorat banklari va boshqa davlat organlaridan ushbu operatsiyalarga oid qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Monitoringni amalga oshirish jarayonida huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilmaydi va xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati toʻxtatilmaydi.
7. Monitoring natijalari boʻyicha huquqbuzarlik faktlari sodir etilganligi tasdiqlanganda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻriladi yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli choralar koʻrish uchun materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Monitoring natijalari boʻyicha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq holatlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari bu haqda uch kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yozma xabar beradi.
8. Davlat soliq xizmati va bojxona xizmati organlarining hamda tijorat banklarining mansabdor shaxslari valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni lozim darajada taʼminlamaganliklari, mazkur Nizom talablarini bajarmaganliklari, tijorat va bank sirini oshkor etganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
III. Yakuniy qoida
9. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2013-yil 20-may
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2013-yil 20-may
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v. b. B. ZILYAYEV
2013-yil 20-may
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar)
ROʻYXATI
T/rHududning qisqa nomiHududning toʻliq nomiRaqamli kodi1.Amerika SamoasiAmerika (Sharqiy) Samoasi1012.Angilya Angilya (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)1023.AndorraAndorra Knyazligi1034.Antigua va BarbudaAntigua va Barbuda1045.ArubaAruba oroli (Niderlandiya Qirolligi)1056.Bagama orollariBagama orollari hamdoʻstligi1067.BarbadosBarbados1078.BelizBeliz1089.Bermud orollariBermud orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)10910.Britan hududlari Hind okeanidagi Britaniya hududlari (Chagos oroli)11011.Bruney-DorussalomBruney-Dorussalom davlati11112.Vayoming shtati Vayoming shtati (Amerika Qoʻshma Shtatlari)11213.VanuatuVanuatu Respublikasi11314.Virgin orollari Virgin orollari (Amerika Qoʻshma Shtatlari)11415.Britaniya Virgin orollariBritaniya Virgin orollari11516.GvatemalaGvatemala Respublikasi11617.Gibraltar Gibraltar (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)11718.Gonkong-Syangan Gonkong-Syangan maxsus maʼmuriy hududi (Xitoy Xalq Respublikasi)11819.GrenadaGrenada11920.Delaver Shtati Delaver Shtati (Amerika Qoʻshma Shtatlari)12021.DominikaDominika Hamdoʻstligi12122.Dominika RespublikasiDominika Respublikasi12223.Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvich orollari Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvich orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)12324.DjibutiDjibuti Respublikasi12425.Kayman Kayman orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)12526.Kergelen orollari Kergelen Orollari (Fransiya Respublikasi)12627.KiprKipr Respublikasi12728.KiribatiKiribati Respublikasi12829.Kosta-RikaKosta-Rika Respublikasi12930.Kuk orollari Kuk orollari (Yangi Zellandiya)13031.LabuanLabuan Federal Hududi (Malay Federatsiyasi)13132.LiberiyaLiberiya Respublikasi13233.LivanLivan Respublikasi13334.LixtenshteynLixtenshteyn Knyazligi13435.MavrikiyMavrikiy Respublikasi13536.Madeyra oroli Madeyra oroli (Portugaliya Respublikasi)13637.Makao-AominMakao-Aomin maxsus maʼmuriy hudud (Xitoy Xalq Respublikasi)13738.MaldivMaldiv Respublikasi13839.MaltaMalta Respublikasi13940.Marshall orollariMarshall orollari Respublikasi14041.MonakoMonako Knyazligi14142.MontserratMontserrat (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)14243.Men oroliMen oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)14344.NauruNauru Respublikasi14445.Niderlandiya Antillari Niderlandiya Antil orollari (Niderlandiya Qirolligi)14546.Niue Niue Respublikasi (Yangi Zellandiya)14647.Normand Gernsi oroli Normandiya Gernsi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)14748.Normand Jersi oroli Normandiya Jersi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)14849.Normand Olderni oroliNormandiya Olderni oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)14950.Normand Sark oroli Normandiya Sark oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)15051.PalauPalau Respublikasi15153.PitkernPitkern (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)15354.Puerto-RikoPuerto-Riko (Amerika Qoʻshma Shtatlari)15455.SamoaSamoa Mustaqil Davlati15556.San-MarinoSan-Marino Respublikasi15657.Seyshel OrollariSeyshel orollari Respublikasi15758.Sen-Marten (Sint-Marten) Sen-Marten (Sint-Marten) (Niderlandiya Qirolligi)15859.Sent-Vinsent va GrenadinSent-Vinsent va Grenadin15960.Sent-Kits va NevisSent-Kits (Sent-Kristofer) va Nevis Federatsiyasi16061.Sent-LyusiyaSent-Lyusiya16162.Terks va KaykosTerks va Kaykos orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi)16263.TongaTonga Qirolligi16364.UrugvaySharqiy Urugvay Respublikasi16465.FidjiFidji Respublikasi16566.FilippinFilippin Respublikasi16667.Fransuz Polineziyasi Fransuz Polineziyasi (Fransiya Respublikasi)16768.Shri-LankaShri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi16869.YamaykaYamayka169
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda maʼlumotlarni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hududlarda (offshor hududlarda) roʻyxatdan oʻtgan norezidentlar foydasiga, shuningdek norezidentlarning offshor hududlarda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga pul mablagʻlarining oʻtkazilishi toʻgʻrisida 20___ yil __ ________ holatiga
MAʼLUMOT
T/r Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili) Valyuta operatsiyasi amalga oshirilgan shartnoma yoki boshqa hujjatning raqami va sanasi 1 2 3 4 5 jadvalning davomi Shartnomaning identifikatsion (unikal kodi) raqami Shartnoma boʻyicha xorijiy valyuta kodi Shartnomaning umumiy qiymati Xorijiy kontragent nomi Xorijiy kontragent offshor hududining kodi, nomi Xorijiy kontragent bankining nomi 6 7 8 9 10 11 jadvalning davomi Bank joylashgan offshor hududning kodi, nomi Xorijiy valyuta kodi Offshor hududga va/yoki offshor hududda joylashgan bankka oʻtkazilgan mablagʻ summasi Toʻlov maqsadi (tovar yoki koʻrsatilgan xizmat, bajarilgan ish nomi) Oʻtkazma amalga oshirilgan sana Izoh 12 13 14 15 16 17
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
Rezidentlar tomonidan eksport-import shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganliklari va yetkazib berish yoki toʻlov muddatlariga rioya qilmaganliklari uchun kontragent-norezidentlarga jarima toʻlanishi boʻyicha 20__ yil ___ ________ holatiga
MAʼLUMOT
T/r Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili) Shartnoma turi Valyuta operatsiyasi amalga oshirilgan shartnoma yoki boshqa hujjatning raqami va sanasi Shartnomaning identifikatsion (unikal kodi) raqami 1 2 3 4 5 6 7 jadvalning davomi Xorijiy valyuta kodi Shartnomaning umumiy qiymati Xorijiy kontragent nomi Mamlakat nomi, kod Jarima toʻlangan sana Toʻlangan jarima summasi Izoh 8 9 10 11 12 13 14 ”.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Import shartnomalari boʻyicha ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, royalti boʻyicha toʻlovlar, shuningdek chet el taʼsischilariga dividendlarni oʻtkazib berish yoki foydani repatriatsiya qilish yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi boʻyicha 20__ yil ___ ________ holatiga
MAʼLUMOT
T/r Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili) Xorijiy kontragent nomi va uning mamlakati Mamlakat, kod 1 2 3 4 5 6
jadvalning davomi
Shartnoma raqami va sanasi Shartnomaning identifikatsion (unikal kodi) raqami Bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat, royalti) nomi Xorijiy valyuta kodi Ish (xizmat, royalti)ning haqiqatda amalga oshirilganligi bajarilgan ishlar dalolatnomasining sanasi (koʻrsatilgan xizmatlar, royaltini toʻlash boʻyicha) xorijiy valyutadagi qiymati 7 8 9 10 11 12
jadvalning davomi
Bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat) joyi (Oʻzbekiston Respublikasi hududi yoki tashqarisi) Bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat, royalti) muddati (kunda) yoki davri Toʻlov Shartnoma boʻyicha qarzdorlik (xorijiy valyutada) Izoh sanasi xorijiy valyutadagi qiymati debitorlik kreditorlik 13 14 15 16 17 18 19
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3a-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3b-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Jismoniy shaxslarning amalga oshirilishi asoslanmaganligi belgilari mavjud boʻlgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida 20__ yil ___ ________ holatiga MAʼLUMOT
T/r Jismoniy shaxsning F.I.O. Jismoniy shaxsning pasport yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami Jismoniy shaxsning yashash joyi Oʻtkazmaning miqdori (soʻmda) Oʻtkazmaning sanasi Pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiyaID-kartaning raqami Pasport yoki identifikatsiya ID-karta qachon va kim tomonidan berilgan 1 2 3 4 5 6 7 8
jadvalning davomi
Kelib tushgan valyuta mablagʻlarining summasi Kelib tushgan valyuta mablagʻlarining sanasi Xorijiy valyuta kodi Mablagʻni oluvchi yoki joʻnatuvchining nomi Oʻtkazma turi (bank oʻtkazmasi yoki pul oʻtkazmasi (pul oʻtkazmasi agenti koʻrsatilsin) Izoh 9 10 11 12 13 14
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Bojxonada rasmiylashtirish jarayonida tovarning faktura qiymatini asossiz yuqoriroq (pastroq) koʻrsatish faktlari boʻyicha 20__ yil ___ ________ holatiga
MAʼLUMOT
Tashqi savdo shartnomasi raqami va sanasi Shartno- maning identifi- katsion (unikal kodi) raqami Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi Xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili) Xorijiy kontragent nomi 1 2 3 4 5 6 7
jadvalning davomi
Xorijiy kontragent mamlakati nomi, kodi Yuk joʻnatuvchi (qabul qiluvchi) nomi Joʻnatuvchi (qabul qiluvchi) mamlakat, kodi BYDda tovar tartib raqami TIFTN kodi Tovar nomi Valyuta kodi (BYD faktura qiymati boʻyicha) 8 9 10 11 12 13 14
jadvalning davomi
Tovarning import (eksport) qiymati (Oʻz.R. IM-40 yoki EK-10 BYD boʻyicha) Yuk joʻnatuvchi (qabul qiluvchi)ning faktura qiymati (ishlab chiqaruvchi zavodning invoysi yoki hisobvaraq-fakturasi boʻyicha) Farq BYDning maʼlumot raqami valyuta kursi shartnomaning valyuta kursi faktura qiymati yetkazib berish sharti valyuta kodi valyuta kursi faktura qiymati yetkazib berish sharti summa (dollarda) foiz bojxona posti kodi BYD sanasi BYD raqami 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga 6-ILOVA
