Hukumatlararo shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida (173-son)
04.04.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. Tasdiqlansin:
1997-yil 12-mart kuni Moskva shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat va Rossiya Federatsiyasi Hukumat oʻrtasida IL-114 va IL-114T samolyotlarini birgalikda yaratish, seriyali ishlab chiqarish va yetkazib berish sohalarida kelgusidagi hamkorlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi Bitim;
1997-yil 12-mart kuni Moskva shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumat oʻrtasida giyohvand moddalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylantirishga qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari, Tashqi ishlar vaziri mazkur shartnomalarda koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 4-aprel,
173-son
