Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida (489-son)
29.10.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 17-sentabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov Oʻzbekiston Respublikasining ushbu Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-oktabr,
489-son
