Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (123-son)
23.03.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. Tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
1998-yil 19-fevral kuni Kiyev shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida temir yoʻllar qurilishi va rekonstruksiyasi boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gruziya Hukumati oʻrtasida dori vositalarining roʻyxatdan oʻtkazilishini oʻzaro tan olish toʻgʻrisida Bitim;
1998-yil 25-fevral kuni Tbilisi shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gruziya Hukumati oʻrtasida soliq qonunchiligiga rioya etilishi masalalari boʻyicha hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida valyuta, eksport-import nazorati sohasida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilishda bilvosita soliqlar olish prinsiplari toʻgʻrisidagi Bitim;
1998-yil 26-fevral kuni Boku shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida Iqtisodiy va moliyaviy qonunbuzarliklarga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Tashqi ishlar vazirligiga mazkur kelishuvlarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 23-mart,
123-son
