Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-apreldagi PQ–1954-son qarori) (160-son)
06.06.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-apreldagi PQ-1954-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 6-iyun,
160-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-iyundagi 160-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 31-oktabrdagi PQ-1633-son qarori)” 2011-yil 12-dekabrdagi 325-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 12-son, 96-modda) 1-ilovaning 14-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
