Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (150-son)
30.05.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son Farmonini bajarish yuzasidan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, binolar va inshootlarni qurish uchun dastlabki-ruxsat beruvchi va shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashda ruxsat beruvchi tartibotlar muddatlari va qiymatini qisqartirish, shaharsozlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-may,
150-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qaroriga 1-ILOVA
Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son Farmoniga muvofiq qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berishda, shu jumladan dastlabki-ruxsat beruvchi va shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashda tartibotlarni amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda qurilayotgan obyektlarni ularning oʻlchamlari va tavsiflari boʻyicha toifalashtirishni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini belgilaydi.
2. Obyektlarni murakkablik toifalariga koʻra klassifikatsiyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha obyektlarning murakkabligi toifalari klassifikatoriga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish muddatlari va qiymati
6. Tuman (shahar) foydalanish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan texnik shartlar asosida tuman (shahar) qurilish boʻlimi (boshqarmasi) shartnoma asosida arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilishini taʼminlaydi.
7. Obyektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish muddatlari va qiymati Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 4-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
8. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqishda murakkablik toifasiga, bajarilayotgan ishlarning koʻp mehnat talab qilishiga va xususiyatiga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 5-ilovasiga muvofiq tuzatish koeffitsiyentlari (oshiruvchi yoki pasaytiruvchi) qoʻllanadi.
Oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanganda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak.
IV. Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish
9. Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari quyidagilar tomonidan davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan:
murakkablikning I-III toifalaridagi obyektlarning loyihaoldi (DTIH, DTIA, TIH, TIA bosqichlari) hujjatlari va shaharsozlik (IL va IH bosqichlari) boʻyicha;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalari boʻyicha;
rekonstruksiya (restavratsiya) qilinayotgan moddiy madaniy meros obyektlari boʻyicha;
yangidan ishlab chiqilayotgan eksperimental va ommaviy tarzda qoʻllanadigan namunaviy (bazaviy) loyihalar boʻyicha;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining davlat ekspertizasi hududiy filiallari (keyingi oʻrinlarda filiallar deb ataladi) tomonidan — murakkablikning I-II toifalaridagi obyektlarning shaharsozlik (IL va IH bosqichlari) hujjatlari boʻyicha.
Alohida hollarda filiallar tegishli asoslashlar mavjud boʻlganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining topshirigʻiga (ruxsatiga) koʻra murakkablikning III toifasidagi obyektlarning, shuningdek respublikaning boshqa mintaqalarida joylashgan obyektlarning loyihaoldi (DTIH, DTIA, TIH, TIA bosqichlari) va shaharsozlik (IL va IH bosqichlari) hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishi mumkin.
10. Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari davlat ekspertizasiga buyurtmachi tomonidan yoxud tomonlarning kelishuviga koʻra — hujjatlarni ishlab chiqqan loyihalash tashkiloti tomonidan taqdim etiladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar, shuningdek qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan va boshqa manbalari hisobiga amalga oshiriladigan, lekin Investitsiya dasturiga kiritilmagan obyektlarning loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq belgilanadi.
12. Boshqa obyektlarning loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini obyektning yongʻinga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarining boshqa boʻlimlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasi” Davlat unitar korxonasidan hamda uning hududiy filiallari xarajatlari doirasida belgilanadi.
Obyektlarning shaharsozlik hujjatlari boʻyicha yongʻinga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan ekspert xulosalarni koʻrib chiqish va tayyorlash belgilangan tartibda hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan yetti kun muddatda amalga oshiriladi.
Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Obyektlarni murakkablik toifalari boʻyicha klassifikatsiyalash
Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan, shuningdek qurilishi markazlashtirilgan va moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga amalga oshiriladigan Investitsiya dasturiga kiritilmagan obyektlarning loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish qiymati
Reperlarning t/r LQIni ishlab chiqish qiymati, mln soʻm Ekspert ishlari qiymatini aniqlash uchun koeffitsiyentlar, LQI qiymatiga nisbatan foizlarda (%) Murakkablik toifasi I II III 0 0,7 gacha 27,00 - - 1 1,4 21,60 - - 2 4,2 12,15 13,48 - 3 7,0 10,13 11,24 - 4 12,6 7,57 8,40 9,32 5 18,2 6,22 6,90 7,65 6 23,8 5,41 6,00 6,66 7 29,4 4,47 4,96 5,50 8 35,0 4,34 4,81 5,33 9 40,6 3,94 4,37 4,85 10 57,4 3,26 3,61 4,00 11 70,0 2,99 3,28 3,64 12 105,0 2,31 2,56 2,94 13 140,0 1,96 2,17 2,40 14 210,0 1,58 1,75 1,94 15 280,0 1,38 1,53 1,69 16 420,0 1,10 1,22 1,35 17 630,0 0,94 1,04 1,15 18 840,0 0,82 0,91 1,01 19 1064,0 0,71 0,78 0,86 20 1260,0 0,62 0,68 0,75 21 1540,0 0,57 0,63 0,69 22 1820,0 0,53 0,58 0,64 23 2100,0 0,49 0,54 0,59 24 2380,0 0,47 0,52 0,57 25 2700,0 va undan yuqori 0,46 0,51 0,56
Izohlar:
1) loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishning oraliq koʻrsatkichlarga ega boʻlgan qiymati interpolatsiya yoʻli bilan aniqlanadi;
2) yangidan ishlab chiqilayotgan namunaviy (bazaviy) loyihalarni ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov miqdori 1,2 koeffitsiyentini qoʻllagan holda aniqlanadi;
3) alohida masalalar (ishlarning alohida turlari kalkulatsiyasi, mashina va mexanizmlarga xarajatlar, pudrat tashkilotining boshqa xarajatlari va shu kabilar boʻyicha ekspertiza qiymatining hisob-kitobi (ekspertizaning haqiqiy mehnat talab qiluvchanligini va ekspert tashkilotning amaldagi xarajatlarini hisobga olgan holda) bevosita mehnat sarflarini hisoblab chiqish usuli bilan amalga oshiriladi.
