Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-3376-son)
08.01.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–1987-son Farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF–3305-son Farmoniga, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 11-dekabrdagi 553–II-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 8-yanvar,
PF-3376-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF–3376-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
3. “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonida:
sarlavhadagi, kirish qismidagi, 3-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi, 4-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshidagi, 5-bandning uchinchi xatboshidagi, 7-bandning ikkinchi xatboshidagi, 8 va 9-bandlardagi, 10-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
10-bandning uchinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 23-sentabrdagi F–895-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Islohotlar va investitsiyalar boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi 4-kichik band toʻrtinchi xatboshidan va 5-kichik band oltinchi xatboshidan “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF–2342-son Farmonida:
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
4-bandning birinchi xatboshidagi “ishonchli shaxslarga” soʻzlari “tugatuvchi boshqaruvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “ishonchli shaxslar va bankrot korxonalarni tugatish komissiyalari” degan soʻzlar “bankrot korxonalarni tugatuvchi boshqaruvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. “Bank tizimini yanada takomillashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF–2564-son Farmonida:
kirish qismidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-bandning birinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
12. “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik va oʻrta korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyundagi PF-3090-son Farmonida:
sarlavhadagi va kirish qismidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
3-banddagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
