“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonini belgilash toʻgʻrisida (PF-2069-son)
25.08.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Jahon chempionatlarida, Olimpiya oʻyinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida yuksak sport natijalariga erishgan hamda oʻz yutuqlari bilan Vatan obroʻsini, shoni va shuhratini ulugʻlashga koʻmaklashgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonini belgilash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-avgust,
PF-2069-son
