Tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar ixtiyoridagi hamda aholining shaxsiy transport vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (65-son)
31.01.2013
Fargʻona viloyati Dangʻara tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori talablariga asosan tumandagi xalq xoʻjaligiga tegishli boʻlgan hamda aholining shaxsiy transport vositalarini (avtomobil, mototsikl va pritseplar) oʻz vaqtida yillik texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman Ichki ishlar va Mudofaa ishlari boʻlimlariga 2013-yil 1-yanvardan 31-avgustgacha muddatda tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarga hamda aholining shaxsiy transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish vazifasi yuklatilsin.
2. Ichki ishlar boʻlimi IHXG (M. Shokirov)ga, Mudofaa ishlari boʻlimi bilan kelishilgan holda xoʻjaliklar va fuqarolarning shaxsiy transportlarini texnika koʻrigidan oʻtkazish jadvalini tuzish va tuzilgan jadvallarni har bir xoʻjaliklarga joʻnatish va MFY kesimida aholiga yetkazilishini taʼminlansin.
3. Tumandagi tashkilotlar, korxonalar va xoʻjaliklar rahbarlariga mavjud transportlarni texnik koʻrikka tayyorlangan holda oʻz vaqtida belgilangan joyga kelishini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
4. Transportlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi 1-ilovaga*, tuman hududidagi davlat va shaxsiy transport vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1, 2-ilovalar berilmaydi.
5. Transportlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasiga tumandagi tashkilot, korxona va xoʻjaliklaridagi texnik xodimlarni koʻrik davomida asosiy ish joylaridan maoshlari saqlangan holda jalb etilsin.
6. “Avtohavaskorlar” jamiyati tuman boʻlimi raisi M. Tursunboyevga barcha transportga ega boʻlgan korxona, tashkilot, xoʻjaliklar hamda shaxsiy transport haydovchilarini texnik koʻrik boshlangunga qadar yangi yoʻl harakati qoidasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil etish, oʻqish xonalarini koʻrgazmali qurollar bilan jihozlash, malakali mutaxassislar bilan taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman IIB (Sh. Odilov) hamda tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (N. Rajabov)larga transportlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish va tuman hokimligiga yozma maʼlumot taqdim etish topshirilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2011-yil 12-dekabrdagi 88-F-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari U. Sobirov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. ABDUSALOMOV
Dangʻara t.,
2013-yil 31-yanvar,
65-son
