2013-yil uchun mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va imtiyozlarni qoʻllash toʻgʻrisida (107-son)
18.02.2013
Fargʻona viloyati Fargʻona tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulk va yer soligʻi obyektlarini, suv resurslaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olinishi, soliqlarni hisoblash va belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushishini taʼminlash, jismoniy shaxslarga imtiyoz huquqlarini toʻgʻri qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2013-yilda mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliq hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi (I. Alimov)ga toʻliq taqdim etilishini taʼminlash maqsadida 2013-yilning 18-fevralidan 20-martiga qadar “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (I. Alimov)ga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2013-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish yuklatilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi yuklatilsin.
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida:
Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi v/b (O. Egamberdiyeva) hamda tuman Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi (A. Joʻrayev) 2013-yilning 25-fevraliga qadar urush qatnashchilari, nogironlari, ularga tenglashtirilgan nogironlar va boshqa nogironlar hamda nafaqaxoʻrlar roʻyhatini soliq inspeksiyasiga jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlaridan imtiyoz qoʻllash, shuningdek mehnat shartnomasi asosida chet elga borib ishlab kelgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni fuqarolarning jami yillik daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortilishini taʼminlash maqsadida har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi (A. Omonboyev) tegishli hujjatlar asosida soliq inspeksiyasiga jismoniy shaxslarning mulkiy huquq sifatida boʻlgan yakka tartibdagi hovli joylari, noturar joylari va xonadonlarni baholanishi, jismoniy shaxslar egaligidagi yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq inspeksiyasi tomonidan jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash maqsadida 2013-yilning 15-martiga qadar hamda har chorak yakunidan keyingi oyning 20-sanasigacha tuman soliq inspeksiyasiga berib borish vazifasi yuklatilsin.
Tuman notarial idorasi (A. Mixliyev) tomonidan fuqarolarga uy joylarni oldi-sotdi shartnomalarini hamda boshqa shaxslarga berish huquqini beruvchi “ishonchnoma”larni rasmiylashtirishdan oldin soliq toʻlaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilgandan soʻng rasmiylashtirish va ularni roʻyxatini har oyning 10-sanasiga;
Tuman fuqarolik holatlariga dalolatnoma yozish boʻlimi (G. Ibragimova) fuqarolarning vafot etganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish va hisobdan chiqarish maqsadida har oyning 15-sanasiga tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etishlari tavsiya etilsin.
Tuman Ichki Ishlar boʻlimi (R. Axmedov) soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarga STIR berish va ularni roʻyxatga olishni toʻliq va sifatli oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga asosan Ichki ishlar organlari oʻzlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga pasportlar berilganligi, shu jumladan yoʻqotilgan yoki amal qilish muddati oʻtgan pasportlar oʻrniga pasportlar berilganligi faktlari haqida, bekor qilingan pasportlar toʻgʻrisida har oyda maʼlumot berishi hamda tuman xududida faoliyat koʻrsatayotgan chet ellik fuqarolarni istiqomat qilayotgan manzillari toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 10-sanasiga mol-mulkini chet ellik fuqarolarga ijaraga berib daromad topayotgan fuqarolarni soliqqa tortish maqsadida tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Tuman OATB Agrobanki Vodil filiali (Sh. Qosimov), DT Xalq banki Vodil filiali (E. Sodiqov) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga asosan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni banklarda hisob raqamlari ochishlarida ularni joylardagi Davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlganida amalga oshirilishi hamda roʻyxatdan oʻtgan kundan keyingi kunidan roʻyxatga olingan Davlat soliq organiga maʼlumot taqdim etib borishini nazoratga olish vazifasi yuklansin;
Tuman arxitektura va qurilish boʻlimi v/b (A. Xamraliyev) jismoniy shaxslar tomonidan qurilishi rejalashtirilgan turar va noturar obyektlariga bajarilgan loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer soliqlarini hisoblashda foydalanish uchun har oyning 10-sanasiga tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.
Tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (A. Yakubov), “Veterinariya xizmati” (M. Mirzayev) sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman “Gaztaʼminot” idorasi (D. Nishonov) tuman hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman “Elektrtarmoqlari” idorasi (Sh. Boratov) tuman hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman Ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (M. Tursunov)ga aholiga yuk tashish xizmati koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi avtotransport vositalari (yuk tashuvchi transport) egalarini qati soliqqa tortish maqsadida ularning roʻyxatini har chorak yakuni boʻyicha 2013-yil 25-fevraliga qadar Davlat soliq inspeksiyasiga berib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Mahalla, qishloq fuqarolar yigʻinlari raislari tomonidan hududlarda xonadon sharoitida sartaroshlik, chevarchilik, turli pishiriqlar tayyorlash va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar roʻyxatini soliqqa tortish maqsadida har oyning 10-sanasiga tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etib borilishini nazoratga olish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (I. Alimov) barcha soliq toʻlovchilarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va toʻlov xabarnomalarini soliq toʻlovchilarga yetkazilishini 2013-yilning 1-iyuniga qadar yakunlash vazifasi yuklatilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilib borishni oʻz zimmamda qoldiraman.
8. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokimning birinchi oʻrinbosari A. POZILOV
Vodil sh.,
2013-yil 18-fevral,
107-son
