Zararli muhitda ishlovchi ishchi xizmatchilarni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sogʻlomlashtirish toʻgʻrisida (57/1-son)
07.02.2013
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2012-yil 10-iyuldagi 200-sonli buyrugʻiga asosan tumanda zararli muhitda ishlovchi ishchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, koʻrik davomida aniqlangan bemorlarni sogʻlomlashtirish maqsadida hamda tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazining 2013-yil 27-martdagi 95-sonli xatini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2012-yil 10-iyuldagi 200-sonli buyrugʻiga koʻra tumandagi korxona va tashkilotlarda zararli muhitda ishlovchi ishchi xizmatchilar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilsin va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Xoʻjalik, tashkilot va korxona rahbarlariga zararli muhitda ishlovchi ishchilarni tibbiy koʻrik joyiga yetkazish va ularni toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlash, zararli sharoitda ishlovchilarni himoya vositalari bilan taʼminlash va davlat sanitariya nazorati talablarini bajarish vazifasi yuklatilsin.
3. Tuman Tibbiyot birlashmasi (R. Isroilov)ga tibbiy koʻrikka kelgan ishchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun malakali hakimlar va mutaxassislarni ajratish, tibbiy koʻrikni sifatli va belgilangan vaqtda, zaruriy laboratoriya diagnostika tahlillari bilan oʻtkazish va keyinchalik aniqlangan bemorlarni sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish vazifasi topshirilsin.
4. Tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazi (M. Ibroximov)ga tibbiy koʻrikning oʻtkazilishi ustidan nazorat oʻrnatish, koʻrikdan oʻtkazishga toʻliq amal qilmagan xoʻjalik, tashkilot va muassasa rahbarlariga nisbatan amaldagi qonun hujjatlari asosida oʻz vakolati doirasida choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari I. Shokirov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. JUMANOV
Langar q.,
2013-yil 7-fevral,
57/1-son
Tuman hokimining 2013-yil 7-fevraldagi 57/1-sonli qaroriga ILOVA
Qoʻshtepa tumanidagi tashkilot MMTP va biolaboratoriyalardagi zararli sharoitda ishlovchi ishchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtish
JADVALI
