Avtomototransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (1013-son)
29.12.2012
Fargʻona viloyati Quva tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qaroriga asosan hamda tuman Ichki ishlar boʻlimining 2012-yil 10-dekabrdagi 38/8-5586-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori hamda Ichki Ishlar vazirligining 2011-yil 4-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrigini tashkil etish tartibi va uni oʻtkazish haqida”gi buyrugʻi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalari 2013-yil 1-martdan 31-iyulgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin. Texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalari va shaxsiy turdagi yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi, ogʻir va xavfli yuk tashuvchi bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtuvchi avtotransport vositalari 2013-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin. Texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Barcha shaxsiy transport vositalari, shu jumladan har qanday rusumdagi yuk avtomobillari, avtobuslar va 2012-yilda texnik koʻrikdan oʻtmay qolgan transport vositalari 2013-yil 31-iyulgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
5. Avtomototransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tartibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*3-ilova berilmaydi.
6. Komissiya tarkibiga kiritilgan masʼul shaxslarning oylik maoshlari, mukofotlari 2013-yil 1-martdan 31-iyulgacha va 2013-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha toʻliq saqlansin.
7. Komissiya zimmasiga:
texnik koʻrik davomida belgilangan jadvalga rioya qilish, avtomobillarni texnik koʻrikka tayyorgarligini, kerakli jihozlarni yetkazib berilishini, tuman Mudofaa boʻlimida roʻyxatda turuvchi avtomobillarga barcha hujjatlarni rasmiylashtirilganligiga, avtomobillarni texnik pasportlarini, taʼmirga kirgizish roʻyxatlarini, ishga chiqish va qaytishini qayd etish kitoblarini yurgizilganligini tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish vazifalari topshirilsin.
8. Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlar rahbarlariga jadvalda koʻrsatilgan muddatga qadar avtomototransportlarni texnik koʻrikka tayyorlash va texnik koʻrik komissiyasiga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
9. “Oʻzagrosugʻurta” DASK Quva tuman boʻlimi (O. Qoʻchqarov)ga fuqarolardan 2013-yil uchun transport vositalarining sugʻurta toʻlovlarini oʻz vaqtida undirilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 22-avgustdagi 756-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Babaxadjayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Z. RAXMANOV
Quva t.,
2012-yil 29-dekabr,
1013-son
Tuman hokimining 2012-yil 29-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalarini 2013-yilgi texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
*Eslatma: haftaning har shanba kunlari shaxsiy transport egalarini transport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun IIB YXXG boʻlinmasida qabul qilinadi.
Tuman hokimining 2012-yil 29-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona, tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalarini 2013-yilgi 2-bosqich texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
Tuman hokimining 2012-yil 29-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga 3-ILOVA
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
