Beshariq tumanida shaxsiy va davlat transportlarini 2013-yil davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tuzish va oʻtkazish toʻgʻrisida (46-son)
23.01.2013
Fargʻona viloyati Beshariq tuman hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2003-yil 19-fevraldagi 56-sonli buyrugʻi talablariga muvofiq Beshariq tumanida shaxsiy va davlat transportlarini 2013-yilgi davriy texnika koʻrigidan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Transport traktorlarini, shaxsiy va davlat transportlarini 2013-yilgi majburiy texnika koʻrigidan oʻtkazish komissiyasi quyidagi tarkibda tuzilsin:
Gʻ. Dadaboyev — tuman IIB YXXG katta noziri, komissiya raisi.
U. Risqulov — tuman avtohavaskorlar kengashi raisi, aʼzo.
B. Altmishev — tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi, aʼzo.
Q. Saksonboyev — 53-avtokorxona texnik mexanigi, aʼzo.
A. Turdiyev — tuman texnika nazorati bosh inspektori, aʼzo.
Sh. Otaboyev — davlat “Agro sugʻurta” kompaniyasi tuman boʻlimi xodimi, aʼzo.
2. Tuman YXXG katta noziri Gʻ. Dadaboyev tomonidan tuman avtoxoʻjaliklarida texnika koʻrigini amalga oshirish rejasi ishlab chiqilsin hamda tuman avtoxoʻjaliklarida 2013-yil texnika koʻrigini oʻtkazish jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova berilmaydi.
3. Tuman avtoxoʻjalik rahbarlariga, qishloq mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga, 2013-yilgi texnika koʻrigini muvaffaqiyatli oʻtkazish maqsadida YXXG xodimlariga yaqindan koʻmaklashish yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilib borish tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik A. Aminjonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim K. MAMASOLIYEV
Beshariq t.,
2013-yil 23-yanvar,
46-son
