Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (624-son)
30.09.2011
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2011-yil 19-sentabrdagi 301-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va fermer xoʻjaliklarida oldin ishga qabul qilingan nogironlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni hisobga olgan holda 2012-yilgi ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish rejasi kasb va lavozimlar boʻyicha ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2012-yil uchun minimal ish joylari yaratish, band qilib qoʻyish rejasi 383 nafar etib belgilansin.
Shu jumladan:
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun (352 kishi)
Shundan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun (148 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun (136 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun (12 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun (11 kishi);
pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar uchun (4 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun (10 kishi);
nogironlar uchun (31 kishi).
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin.
4. Tashkilot rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
6. Mazkur qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda tashkilot uchun qonunda belgilangan imtiyozlar belgilansin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bir hafta muddatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun belgilangan rejani ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot, korxona, muassasa va fermer xoʻjaliklari rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Sh. Jumayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. ALIMARDONOV
Sariq sh.,
2011-yil 30-sentabr,
624-son
Qiziriq tuman hokimining 2011-yil 30-sentabrdagi 624-sonli qaroriga ILOVA
Qiziriq tumani boʻyicha 2012-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
