5-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda oshkoralik
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-351-son) · Sana: 22.04.2013 · Amalda
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tashkil etilayotganda hamda oʻtkazilayotganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritib boriladi.
