Termiz tumanidagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (1009-son)
17.10.2012
Surxondaryo viloyati Termiz tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 186-sonli qarori ijrosini taʼminlash aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2013-yil tumanda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish oʻrinlarini band qilish maqsadida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2012-yil 17-sentabrdagi 01-13/232-sonli xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Termiz tumanidagi tashkilot, korxona va muassasalardagi (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan (ilovaga asosan) 20 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 21 foiz (62 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 41 foiz (120 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 15,6 foiz (46 kishi);
nogironlar uchun 7,1 foiz (21 kishi);
Bandlikka koʻmaklashishi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazlaridan ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 9,2 foiz (27 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 6,1 foiz (18 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 100 foiz (294 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilaydi.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga ega boʻlishi kerak, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari attestatsiyasidan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beriladigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun —ularni kasbi boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
3. Tumandagi barcha tashkilot rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlansinlar.
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan hamda nogiron shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
ishlab chiqarish uchastkalari (sexlar) tashkil qilish uchun noturar joy binolari birinchi navbatda ajratilishi;
ushbu ish joylari barpo qilishda sarflangan mablagʻning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash;
6. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (Q. Irgashev) bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
7. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
8. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Y. Qarshiyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. XOLNAZAROV
Uchqizil q.,
2012-yil 17-oktabr,
1009-son
Termiz tuman hokimining 2012-yil 17-oktabrdagi 1009-sonli qaroriga ILOVA
Termiz tumani boʻyicha 2013-yilda Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini barpo etish boʻyicha topshiriq
