10-modda. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizom
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-350-son) · Sana: 22.04.2013 · Amalda
Fuqarolar yigʻini oʻzi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
fuqarolar yigʻinining nomi;
fuqarolar yigʻinining hududi;
fuqarolar yigʻini va uning organlari vakolatlari;
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish tartibi;
fuqarolar yigʻini kengashini tuzish tartibi;
fuqarolar yigʻini raisini, uning oʻrinbosarlarini (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini saylash, shuningdek fuqarolar yigʻini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash, tasdiqlash va tayinlash tartibi;
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni tuzish, qayta tashkil etish hamda ularning faoliyatini tugatish tartibi;
fuqarolar yigʻini taftish komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tugatish tartibi;
fuqarolar yigʻini raisining, uning oʻrinbosarlarining (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarining) va maslahatchilarining vakolatlari;
fuqarolar yigʻini masʼul kotibining vakolatlari;
fuqarolar yigʻini faoliyatining iqtisodiy asosi;
fuqarolar yigʻinini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomda qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
