Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan avtobuslarda va yoʻnalishli taksilarda tariflarni joriy qilish haqida (19-son)
26.01.2013
Surxondaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz-oʻzini moliyalashtirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, shuningdek yoʻlovchi tashish transporti samaradorligini oshirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 17-sentabrdagi MM/15-04-34-26/130-1345-sonli, Termiz shahar hokimligining 2012-yil 13-dekabrdagi 01-5/1041-sonli xatlari va viloyat Adliya boshqarmasining 2013-yil 11-yanvardagi 7-98-sonli ekspertiza xulosasini inobatga olib qaror qilaman:
1. Termiz shahar hududida 2013-yil 1-fevraldan avtobuslarda bitta yoʻlovchi tashish uchun tarif 400 (toʻrt yuz) soʻm va yoʻnalishli taksilarda 600 (olti yuz) soʻm qilib belgilansin.
2. Viloyat hokimining oʻrinbosari (B. Ergashev) va Termiz shahar hokimi (N. Soatov) ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda qonunchilik doirasida yoʻlovchilarni tashuvchi tashkilotlar va korxonalarga ushbu tarifni joriy qilish vazifasi yuklatilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari B. Ergashev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim N. ChORIYEV
Termiz sh.,
2013-yil 26-yanvar,
19-son
