Viloyat bozorlari va savdo komplekslarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar qiymatlarining miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (Q-46-son)
26.02.2011
Navoiy viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 385-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011-yil 7-fevraldagi SB/15-02-34-26/40- sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining joriy yilning 7-fevraldagi 01/2-1893-sonli qoʻshma xatining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat bozorlari va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati miqdori 1—3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat hokimining 2010-yil 27-fevraldagi 63-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Samadov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu qaror matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Navoiy viloyati hokimi E. TURDIMOV
Navoiy sh.,
2011-yil 26-fevral,
Q-46-son
Viloyat hokimining 2011-yil 26-fevraldagi Q-46-sonli qaroriga 1-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning
miqdorlari
* 300 dan kam turgʻun savdo nuqtalari va savdo oʻrinlariga ega boʻlgan bozorlar va savdo komplekslarida toʻlov har bir kirish uchun undiriladi.
Viloyat hokimining 2011-yil 26-fevraldagi Q-46-sonli qaroriga 2-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning
MIQDORLARI
* Izoh: qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1 kv. metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq har bir oʻrin uchun toʻla miqdorda joy haqi undiriladi. Poliz mahsulotlari, gullar va koʻchatlar, tara va oʻrov mahsulotlari, hunarmandchilik va boshqa mahsulotlar bilan savdo qilinganda bir savdo oʻrni oʻlchami 6 kv.metr (2 x 3 m.) deb belgilanadi. Belgilangan oʻlchamdan ortiq har bir oʻrin uchun toʻla miqdorda joy haqi undiriladi.
Viloyat hokimining 2011-yil 26-fevraldagi Q-46-sonli qaroriga 3-ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlarning
miqdorlari
(3-ilova Navoiy viloyati hokimining 2011-yil 23-martdagi 68-sonli qarori tahririda)
