Viloyat hokimining 2011-yil 26-fevraldagi "Viloyat bozorlari va savdo komplekslarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar qiymatlarining miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida" gi Q-46-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (Q-68-son)
23.03.2011
Navoiy viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2011-yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyatida yanada qulay tadbirkorlik muhitini shakllantirish maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat bozorlari va savdo komplekslari hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Navoiy viloyat boʻlimi tomonidan berilgan takliflarni inobatga olib, Navoiy viloyati hokimining 2011-yil 26-fevraldagi Q-46-sonli qarorining 3-ilovasi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan holda ilovaga muvofiq yangi tahrirda qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Samadov zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu qaror matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Navoiy viloyati hokimi E. TURDIMOV
Navoiy sh.,
2011-yil 23-mart,
Q-68-son
Viloyat hokimining 2011-yil 23-martdagi Q-68-sonli qaroriga ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlarning
miqdorlari
