Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1723-5-son)
12.04.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 12-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1723-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-fevraldagi 50-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 105-modda) 3-bandiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 41-42-son, 420-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-mart,
19n-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 25-martdagi 19n-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 9961-band bilan toʻldirilsin:
“9961. Uchuvchilar ekipaji aʼzosi lazerli koʻrsatkichlardan kelib chiqishi taxmin qilingan yarqiragan nur bilan nurlangan taqdirda tegishli aviakompaniya tomonidan belgilangan koʻrsatmalarni bajaradi. Mazkur koʻrsatmalarda kamida quyidagilar boʻlishi kerak:
HKni boshqarishni boshqa uchuvchiga topshirish;
avtopilot yoqilmagan boʻlsa, uni yoqish;
lazerli koʻrsatkich nuri uchuvchilar kabinasiga tushmasligi uchun imkoniyat doirasida HKning parvoz yoʻnalishini oʻzgartirish;
uchuvchilarning kabinasidagi ichki yorugʻlik manbaini yoqish.
Uchuvchilar ekipaji HKning lazerli koʻrsatkichdan nurlangan joyi va vaqti toʻgʻrisida mazkur hududni boshqarayotgan HHB dispetcheriga xabar beradi. HK qoʻngandan keyin HK komandiri ushbu Qoidalarning 22-ilovasiga muvofiq lazerli koʻrsatkichdan nurlanish hodisalari taxmini toʻgʻrisidagi hisobotni toʻldiradi va lazerli koʻrsatkich bilan nurlantirilgan HK va uchuvchilar ekipaji aʼzolarining ahvoli toʻgʻrisida tegishli aviakompaniyaning uchish xizmati rahbariga va parvozlar xavfsizligi inspeksiyasiga xabar qiladi.”.
2. Mazkur qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq mazmundagi 22-ilova bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2013-yil 25-mart
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazi Bosh direktori V. ChUB
2013-yil 25-mart
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. TYAN
2013-yil 25-mart
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) kiritilayotgan qoʻshimchalarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) 22-ILOVA
* Koʻz nurlanishi oqibatidagi oddiy misollar
Qolgan tasvirlar. Yarqiragan yorugʻlikning koʻzga taʼsiridan soʻng koʻrish maydonida qolgan tasvir.
Qora dogʻlar. Vaqtincha yoki uzoq davom etadigan koʻrish qismidagi yoʻqotishning oʻzlashtirilishi.
Qisqa muddatlarda koʻrmay qolish. Koʻrish qobiliyatining maʼlum muddatga yoʻqolishi (qisqa yoki davomiy vaqtlarda), koʻzga yalt etib tushgan yorugʻlikdan hamda yorugʻlik darhol olinganidan sodir boʻladi.
Koʻrmay qolishlik. Koʻrishni qabul qilish vaqtincha buzilishi, yalt etib tushgan chiroq oqibatida (masalan, qarama-qarshi yoʻnalishdagi avtomobilning uzoqqa yoqiladigan chirogʻi kabi) kuzatiladi. Maʼlum muddatlarda koʻrmay qolishlik koʻrishning biologik xususiyatiga ega emas hamda kuzatuvchining koʻz oldida yalt etib tushgan chiroqdangina sodir boʻladi.”.
