Termiz shahridagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni 2013-yilga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (1113-son)
11.10.2012
Surxondaryo viloyati Termiz shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2013-yil shaharda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish oʻrinlarini band qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Termiz shahridagi tashkilot, korxona va muassasalardagi (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan (ilovaga asosan) 20 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 23 foiz (254 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 44 foiz (481 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 9 foiz (93 kishi);
nogironlar uchun 4 foiz (43 kishi);
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish shahar (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 3 foiz (28 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 3 foiz (34 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 14 foiz (148 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilaydi.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari attestatsiyasidan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beriladigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularni kasbi boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb hunarga malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
3. Shahardagi barcha tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan hamda nogiron shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
ishlab chiqarish uchastkalari (sexlar) tashkil qilish uchun noturar joy binolari birinchi navbatda ajratilishi;
ushbu ish joylarni barpo qilishda sarflangan mablagʻning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash;
6. Shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi O. Mamadaliyev bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
7. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari P. Toshpoʻlatov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim N. SOATOV
Termiz sh.,
2012-yil 11-oktabr,
1113-son
Termiz shahar hokimining 2012-yil 11-oktabrdagi 1113-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qaroriga muvofiq tashkilotlar, korxonalar va muassasalarda 2013-yilda barpo etiladigan ish oʻrinlarining eng kam miqdori
ROʻYXATI
