Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmogʻidagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1027-1-son)
04.04.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 4-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1027-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-fevraldagi 33-son “Ayrim budjet tashkilotlari xodimlari baʼzi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 71-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2001-yil 5-apreldagi 1, 34-son “Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmogʻidagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmogʻidagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlarga (roʻyxat raqami 1027, 2001-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 7-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-mart,
19-P-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-mart,
31-son
