Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida (PF-2342-son)
23.07.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish jarayonini tezlashtirish, vaqtincha iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan, biroq moliya-xoʻjalik faoliyatini sogʻlomlashtirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻlgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hukumat komissiyasining yangi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
4. Tashqi boshqaruvchilar va tugatuvchi boshqaruvchilarga qarzdor korxonalar yoki ularning mulkini sotishda kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan quyidagilarga ruxsat berilsin:
xaridorga xizmat koʻrsatadigan tijorat banki tegishli kafolatni taqdim qilgan taqdirda korxona yoki mulkni bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish;
arzon-garov va tez ishlatib boʻlinadigan mulkni, shuningdek xom-ashyo va tayyor mahsulotning qolgan qismini kim oshdi savdosi oʻtkazmasdan, oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha sotish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlar bankrot korxonalarni tugatuvchi boshqaruvchilar tomonidan debitorlik qarzini majburiy tarzda undirib olish boʻyicha taqdim etilgan materiallarni davlat boji toʻlanmasdan turib ham bu bojni aybdor tomondan keyinchalik undirib olinishini belgilagan holda koʻrib chiqishni taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi boʻyicha hukumat komissiyasi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishi boʻyicha qoʻmita va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlarini mazkur Farmon asosida oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonning bajarilishi boʻyicha qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 23-iyul,
PF-2342-son
