Denov tumanidagi korxonalarda 2012-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (365-son)
17.09.2011
Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asoslanib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorini amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori rahbarlik va ijro etish uchun qabul qilinsin.
2. Denov tumanida ishlovchilar soni 20 tadan 100 tagacha hamda 100 tadan ortiq boʻlgan korxonalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Tumandagi korxonalar xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonining 7 (yetti) foiz miqdorida hamda korxonalarning kelajakdagi ishlab chiqarish samaradorligini va bu korxonalarga aholining ehtiyoji oshib borishini inobatga olingan holda belgilangan, bu esa 883 tani tashkil etadi.
Shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 310 ta ish oʻrni;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 261 ta ish oʻrni;
nogironlar uchun 7 ta ish oʻrni;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 53 ta ish oʻrni;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 108 ta ish oʻrni;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 32 ta ish oʻrni;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki Ishlar Vazirligi, Milliy Xavfsizlik Xizmati va Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi qoʻshinlaridan boʻshatilganlar uchun 112 ta ish oʻrni.
4. Ushbu toifadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat shartnomalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Shu jumladan:
kasb-hunar malakasiga ega boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun kasb lavozimlari boʻyicha;
kasb-hunar, malakasiga ega boʻlmagan shaxslar uchun malaka, kasb talab etilmaydigan ish oʻrinlariga muvofiq boʻlishi shart.
5. Korxona, muassasalar va tashkilotlar mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, barcha ish beruvchilar ushbu qaror asosida belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj boʻlgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasin hamda ish joylari barpo etish (kvotalash) toʻgʻrisida ichki buyruq chiqarib, buyruq nusxasini va tashkil etilgan ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotni 2012-yilning 15-yanvarigacha tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etsinlar.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasalar va tashkilotlar tomonidan kalendar yilning 1-choragi mobaynida taʼminlansin hamda bu toʻgʻrisida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga 1-chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay axborot berilsin.
Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining tayyorligi toʻgʻrisidagi axborotning tashkilot tomonidan taqdim etilmaganligiga ham va amalda ularning tayyor emasligiga ham, mehnat organi mahalliy davlat hokimiyati organi qarorining bajarilmaganligi sifatida qaralsin.
6. Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmagan tashkilotlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
7. Tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
8. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
Nogironlar uchun ish joylarining eng kam miqdoridan ortiqcha ish joylari barpo etgan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq solish boʻyicha imtiyozlarga ega boʻladilar;
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdoridan ortiqcha tashkil etilgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplash huquqiga egadirlar.
9. Tuman “Chagʻoniyon” gazetasi bosh muharriri (Z. Mamajonov) ushbu qarorni gazeta sahifasida toʻla yoritilishini taʼminlasin.
10. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (M. Xayrullayev) mazkur qarorni 1-ilovada koʻrsatilgan korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin hamda mazkur qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari D. Allaberdiyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. MAMATQULOV
Denov sh.,
2011-yil 17-sentabr,
365-son
Denov tuman hokimining 2011-yil 17-sentabrdagi 365-sonli qaroriga 1-ILOVA
