Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son qarori) (91-son)
29.03.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-mart,
91-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-apreldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Supermarket turidagi doʻkon toʻgʻrisida Vaqtinchalik namunaviy nizomning 4-bandidagi “shu jumladan, valyuta almashtirish punktlari tashkil etish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasini erkin sotib olish va sotishni tashkil etish hamda erkin almashtiriladigan valyuta bilan savdo qilishni kengaytirish choralari haqida” 1991-yil 22-noyabrdagi 297-son qarori.
