2013 yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (350-Q-son)
17.10.2012
NAVOIY VILOYaTI Uchquduq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga asosan ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 643 kishini tashkil etadigan 5.3 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3,1 foiz — 20 kishi;
14 yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 25 foiz — 161 kishi;
taʼlim muassasalarini bitirgan yoshlar uchun 49,5 foiz — 318 kishi;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 5.4 foiz — 35 kishi;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 4.8 foiz — 31 kishi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun 8,6 foiz — 55 kishi;
boshqalar uchun 3,6 foiz — 23 kishi, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun 10 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun 8 kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 5 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
3. 2013-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxonalar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlashda ish oʻrinlarini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) uchun 2012-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi, 2013-yilning 10-aprelidan kechikmay ish oʻrinlarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va buyruq nusxalarini tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etish;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda barpo etilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish oʻrinlarini sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini bemalol bajarishni taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
5. Ushbu qaror talablarini bajarmagan korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarni band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 15-bandiga muvofiq jarimaga tortilishi belgilansin.
6. Tuman hokimligining umumiy boʻlimi (E. Xalibekov) bir hafta muddatda mazkur qarorni korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazilishini taʼminlasin.
7. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (U. Boʻronov) ushbu qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin hamda har chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligiga maʼlumot taqdim etib borish yuklatilsin.
8. Tuman hokimining 2012-yil 21-avgustdagi ““Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan, tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarini 2012-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 295-Q-sonli qarori 2013-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarni band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
10. Mazkur qarorning rasmiy nashrda eʼlon qilinishi hamda viloyat adliya boshqarmasiga davlat hisobiga olish uchun taqdim etilishi tuman hokimligi huquqshunosi (U. Muzaffarov)ga yuklatilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari S. Rajabov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. YORMATOV
Uchquduq sh.,
2012-yil 17-oktabr.
350-Q-son
