Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (X-61/02-son)
08.02.2013
Qashqadaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2013-yil 16-yanvarda 2412-son raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan viloyatda 2013-yil uchun bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining aniq miqdorlarini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlari 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi miqdorlari 2013-yil 1-fevraldan boshlab joriy etilsin.
3. Viloyat hokimining 2012-yil 17-martdagi “Viloyatdagi dehqon, buyum va ixtisoslashtirilgan bozorlarda savdo joyi, xizmat haqi va ijara toʻlovlarining yangi miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi X-107/03-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻ. Djavliyev zimmasiga yuklatilsin.
Xokim T. JOʻRAYEV
Qarshi sh.,
2013-yil 8-fevral,
X-61/02-son
Viloyat hokimining 2013-yil 8-fevraldagi X-61/02-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qashqadaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning 2013-yildagi miqdorlari
Viloyat hokimining 2013-yil 8-fevraldagi X-61/02-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qashqadaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning 2013-yildagi miqdorlari
Viloyat hokimining 2013-yil 8-fevraldagi X-61/02-sonli qaroriga 3-ILOVA
Qashqadaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda infratuzilmadan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining 2013-yildagi miqdorlari
Izoh:
1. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pagon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshma ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy xaqi undirilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
