2013-yil uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va imtiyozlarni qoʻllash toʻgʻrisida (X-1022/12-son)
07.12.2012
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. 2013-yilda mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyalariga toʻliq taqdim etilishini taʼminlash maqsadida 2012-yil 1-noyabrdan 2013-yil 1-yanvarga qadar “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (F. Bekmurodov)ga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2013-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish yuklatilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi yuklatilsin.
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida:
Tuman “Yermulkkadastr” xizmati boʻlimi (Y. Karimov) 2013-yil 1-fevralga qadar 1-ilovaga muvofiq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman Bosh arxitektori (F. Umarov) 2013-yil 1-fevralga qadar 2-ilovaga muvofiq 2012-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaligi va boshqalar) 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (A. Rajabov) 2013-yil 1-fevralga qadar 3-ilovaga muvofiq, tumanda istiqomat qiluvchi, I-II-guruh nogironlari, pensionerlar, yolgʻiz pensionerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (V. Mamasiddiqov) ) 2013-yil 1-fevralga qadar 4-ilovaga muvofiq 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud maʼlumotlarni;
Tuman Sanitariya epidemiologiya - nazorati markazi (A. Jovliyev) Veterinariya xizmati (K. Berdiyev) 5-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman “Gaztaʼminot” idorasi (Sh. Xolmatov) 6-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman “Elektrtarmoqlari” korxonasi (K. Raximov) 7-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (A. Roʻziboyev) 8-ilovaga muvofiq hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni tuman Davlat soliq inspeksiyasiga qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida 2013-yil 1-fevralga qadar 1-yanvar holati boʻyicha taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. Tuman Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimi (N. Umarova) 2013-yil 1-fevralga qadar 9-ilovaga muvofiq tuman hududida 2011-2012-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tuman davlat notarial idoralari rahbarlari esa 10-ilovaga muvofiq 2012-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi tavsiya etilsin.
6. Gʻuzor tuman hokimligi “Mahalla” jamoat fondi (Sh. Maxmudov), Qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislari “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” oyligi tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishlari va joylarda uchastka soliq inspektorlari bilan jismoniy shaxslarni soliq organlarida roʻyxatga olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
7. Qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislari, uchastka soliq inspektorlari va “Yermulkkadastr” xizmati boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni 11-ilovaga muvofiq dalolatnoma asosida rasmiylashtirish vazifasi topshirilsin.
8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari S. Gʻaniyev zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xokim Sh. DONAYEV
Gʻuzor t.,
2012-yil 7-dekabr,
X-1022/12-son
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 1-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2013-yilning 1-yanvar holatida tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi va dehqon xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga ajratilgan yer maydonlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 2-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2013-yilning 1-yanvar holatida tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi va dehqon xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga ajratilgan yer maydonlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 3-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2012-yilning 1-yanvar holatida 1 va 2- guruh nogironlari hamda pensionerlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 4-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2012-yilning 1-yanvar holatida 1941—1945-yillardagi urish nogironlari va qatnashchilarini hamda Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar toʻgʻrisida
Maʼlumot
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 5-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2012-yilning 1-yanvar holatida tadbirkorlik faoliyati uchun sanitariya ruxsatnomasini olgin fuqarolar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 6-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2012-yilning 1-yanvar holatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha Gazdan foydalanish uchun shartnoma tuzgan fuqarolar toʻgʻrisida
maʼlumot
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 7-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2012-yilning 1-yanvar holatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha Elektrdan foydalanish uchun shartnoma tuzgan fuqarolar toʻgʻrisida
maʼlumot
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 8-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2012-yilning 1-yanvar holatida yuk avtomashinalari egalari toʻgʻrisida
maʼlumot
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 9-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2011-2012-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida
Maʼlumot
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 10-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2012-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tuzgan, meros qilib olingan yoki hadya tarzda fuqarolarga oʻtgan mol-mulklar toʻgʻrisida
Maʼlumot
Gʻuzor tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qaroriga 11-ILOVA
Gʻuzor tuman boʻyicha 2012-yilning 1-yanvar holatida jismoniy shaxslarning yer maydonlari va mol-mulki toʻgʻrisida
Maʼlumot
