2013-yil uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va imtiyozlarni qoʻllash toʻgʻrisida (X-888/11-son)
26.11.2012
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2013-yilda mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyalariga toʻliq taqdim etilishini taʼminlash maqsadida 2012-yil 1-noyabrdan 2013-yil 1-yanvarga qadar “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (A. Qodirov)ga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2013-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish yuklatilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi yuklatilsin.
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida:
Tuman “Yer resurslari va davlat kadastri” boʻlimi (R. Boymurodov) va tuman “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” xizmati (E.Abdurayimov) 2013-yil 1-fevralga qadar 1-ilovaga muvofiq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman Arxitektura va qurilish boshqarmasi (Sh. Safarov) 2013-yil 1-fevralga qadar 2-ilovaga muvofiq 2012-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaligi va boshqalar) 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi (B. Davlanov) 2013-yil 1-fevralga qadar 3-ilovaga muvofiq, tumanda istiqomat qiluvchi, I-II-guruh nogironlari, pensionerlar, yolgʻiz pensionerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (D. Qosimov) ) 2013-yil 1-fevralga qadar 4-ilovaga muvofiq 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud maʼlumotlarni;
Tuman Sanitariya - epidemiologiya nazorati markazi (X. Qoʻziyev) “Veterinariya xizmati” (Sh. Jamolov) 5-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
“Nishontumangaz” filiali (A. Karimov) 6-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi (A. Sheraliyev) 7-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (M. Qodirov) 8-ilovaga muvofiq hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni tuman Davlat soliq inspeksiyasiga qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida 2013-yil 1-fevralga qadar 1-yanvar holati boʻyicha taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. Tuman Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimi (D. Shamsiyeva) 2013-yil 1-fevralga qadar 9-ilovaga muvofiq tuman hududida 2011-2012-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tumandagi Davlat notarial idoralari (R. Qurbonov va A. Shaymanov)ga 10-ilovaga muvofiq 2012-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi tavsiya etilsin.
6. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Nishon tuman boʻlinmasi (A. Qobilov) hamda tumandagi qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” oyligi tadbirini oʻtkazishda fol qatnashishlari va joylarda uchastka soliq inspektorlari bilan jismoniy shaxslarni soliq organlarida roʻyxatga olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
7. Tumandagi qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, tuman DSIning uchastka soliq inspektorlari, tuman “Yer resurslari va davlat kadastri” boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni 11-ilovaga* muvofiq dalolatnoma asosida rasmiylashtirish vazifasi topshirilsin.
* 11-ilova berilmaydi.
8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z. Baratov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. XAYITMURODOV
Nishon t.,
2012-yil 26-noyabr,
X-888/11-son
Nishon tuman hokimining 2012-yil 26-noyabrdagi X-888/11-sonli qaroriga 1-ILOVA
Nishon tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatidagi inventarizatsiya qiymati toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Nishon tuman hokimining 2012-yil 26-noyabrdagi X-888/11-sonli qaroriga 2-ILOVA
Nishon tuman hududida tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy uchun dehqon xoʻjaliklari va boshqalar toʻgʻrisida 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Nishon tuman hokimining 2012-yil 26-noyabrdagi X-888/11-sonli qaroriga 3-ILOVA
Nishon tumanida istiqomat qiluvchi I-II guruh nogironlari, pensionerlar, yolgʻiz pensionerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Nishon tuman hokimining 2012-yil 26-noyabrdagi X-888/11-sonli qaroriga 4-ILOVA
Nishon tumanida 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Nishon tumanhokimining 2012-yil 26-noyabrdagi X-888/11-sonli qaroriga 5-ILOVA
Nishon tumanda belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Nishon tuman hokimining 2012-yil 26-noyabrdagi X-888/11- sonli qaroriga 6-ILOVA
Nishon tumanida 2012-yil 1-yanvar holatiga gaz resurslaridan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida
maʼlumot
Nishon tuman hokimining 2012-yil 26-noyabrdagi X-888/11-sonli qaroriga 7-ILOVA
Nishon tumanida 2012-yil 1-yanvar holatiga elektr energiya xizmatidan foydalanish boʻyicha shartnoma tuzgan xususiy tadbirkorlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Nishon tuman hokimining 2012-yil 26-noyabrdagi X-888/11-sonli qaroriga 8-ILOVA
Nishon tumanidagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida
MAʼLUMOT
Nishon tuman homining 2012-yil 26-noyabrdagi X-888/11 sonli qaroriga 9-ILOVA
Nishon tuman hududida 2010-2011-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Nishon tuman hokimining 2012-yil 26-noyabrdagi X-888/11-sonli qaroriga 10-ILOVA
Nishon tumanida 2011-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlangan va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mul qiymati toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOT
