Qarshi shahrida 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida (103/22-4-son)
19.07.2012
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashining
Qarori
Shaharda aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish borasida ishlab chiqilgan aniq va manzilli dasturlar asosida 2012-yilning oʻtgan davrida shahar hokimligi, tegishli boshqarmalar, idoralar, korxona va tashkilotlar tomonidan yangi ish joylari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik, kichik biznes, kasanachilikni va bandlikning boshqa samarali shakllarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Joriy yilning 6 oyida iqtisodiyot tarmoqlarida turli moliyaviy manbalar hisobidan jami 4433 ta yangi ish oʻrinlari (dasturga nisbatan 101,8 foiz) yaratildi.
Tahlillar yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan yillik dastur barcha parametrlari ortigʻi bilan bajarilishini koʻrsatmoqda.
Asosiy vazifalardan biri 2013-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda aniq va manzilli dastur ishlab chiqilishini taʼminlashdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash va uning turmush farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri qilib belgilab berilgan.
Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash 2013-yilda ham eng ustuvor masalalardan biri boʻlishini chuqur his qilgan holda hokimlik, korxona va tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda shaharda 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining loyihasini tayyorlash boʻyicha qizgʻin ishlar olib borilmoqda.
Dastur loyihasini ishlab. chiqish boʻyicha shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari boshchiligida ishchi guruh ish olib bormoqda.
Ishchi guruh tomonidan, har bir fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholi punktlaridagi mavjud imkoniyatlar. bundan tashqari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan obyektlar hamda tadbirkorlik subyektlarining rejalarini inobatga olib fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida aniq va manzilli dasturlar tayyorlanmoqda.
Dasturda moliyaviy mablagʻ miqdori va manbalari aniq hisob-kitob qilinmoqda.
Ijtimoiy obyektlarni foydalanishga topshirish, “Sanoat korxonalarini kengaytirish, texnik qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari” dasturi va boshqa yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan dasturlardagi koʻrsatkichlar aniqlanib ish oʻrinlari yaratish dasturiga kiritilmoqda.
Shuningdek, shahardagi tijorat banklari va ularning joylardagi boʻlinmalarining kredit portfelidan kelib chiqib, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozli kreditlari hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlari ham inobatga olinmoqda.
Shaharda 2012 — 2015-yillarga moʻljallangan dasturning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish, aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratishni taʼminlash maqsadida “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan Kengash qaror qiladi:
1. Qarshi shahrining 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashni yaratish dasturi Ishchi guruhi 1-ilovaga*, tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlarining dastur koʻrsatkichlari parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Shahar hokimining oʻrinbosarlari mavjud tabiiy resurslar va xalq xoʻjaligida alohida ahamiyatga ega boʻlgan sohalarida ishlab chiqarilayotgan xomashyo hamda yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab tayyor mahsulot chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar barpo etish va faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar quvvatidan toʻliq foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin.
3. Shahar iqtisodiyot boʻlimi (O. Karimov)ga ushbu dastur koʻrsatkichlari parametrlari boʻyicha ikki kun muddatda korxonalar bilan kelishilgan holda 2013-yilda har bir hudud (mahallalar)da tashkil etiladigan ish oʻrinlari parametrlari boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqib shahar hokimligiga taqdim etsin.
4. Shahar hokimligi, Davlat mulki boshqarmasi bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtirish choralari qoʻllanilgan sharoitda ish joylarini tiklash, ulardagi boʻsh ish joylari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish imkoniyati boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalar hisobiga yaratiladigan yangi ish oʻrinlariga aniqlik kiritsin.
5. Tijorat banklari rahbarlari yangi kichik biznes subyektlari tashkil etish, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, birinchi navbatda mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan hududlarda, kichik hajmdagi korxonalar tashkil etishga kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar ajratishni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan dastur koʻrsatkichlari parametrlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish tavsiya etilsin.
6. Savdo-sanoat palatasi shahar boʻlimi (O. Boymurodov) 2013-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi ish joylari tashkil etilishi va aholini ish bilan taʼminlashga keng jalb etish boʻyicha ishlarni faollashtirsin.
7. Shahar hokimligining majmualari real sektor korxonalarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani qoʻllab-quvvatlash, kichik biznes, xizmat koʻrsatish va servis sohasi, kasanachilikni rivojlantirish hisobiga yangi ish joylarini koʻpaytirishni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan dastur koʻrsatkichlari parametrlariga moslashtirsin.
8. Ishchi guruhiga:
yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni yangilash yoʻnalishi boʻyicha ish joylari shaharning 2013-yilga moʻljallangan investitsiya va tarmoq dasturlariga muvofiq;
sanoatda kichik korxonalar mikrofirmalarni tashkil qilish hisobiga barpo etiladigan ish oʻrinlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047 sonli “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-sonli “Mahalliy noozik-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga, tarmoq va hududiy dasturlariga muvofiq;
qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash yoʻnalishida tashkil qilinadigan ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051 sonli “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga, tarmoq va hududiy dasturlariga muvofiq;
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga tashkil etiladigan ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-yanvardagi PQ-1041-sonli “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga, tarmoq va hududiy dasturlariga muvofiq;
kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mikrokreditlash tizimini koʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish va servisni rivojlantirish;
uy mehnatining barcha shakllarini, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalariga binoan kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etish, milliy hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni rasmiylashtirish va yangidan tadbirkorlik tashkil etish ishtiyoqida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash natijasida yaratiladigan (tiklanadigan) ish oʻrinlari shahar hokimligi, Davlat mulki boshqarmasi bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtirish choralari qoʻllanilgan sharoitda ish joylarini tiklash, ulardagi boʻsh ish joylari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish imkoniyati boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalar hisobiga shakllantirilishi va qarorlarda belgilab berilgan vazifalarni hayotga izchil tatbiq etish orqali bandlik masalasini hal etishga alohida eʼtibor qaratsinlar.
9. Ishchi guruhiga joylarda qabul qilingan yangi ish oʻrinlari tashkil etish dasturlarini hududlarning ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha istiqbolli dasturlari bilan mutanosibligini taʼminlash, har chorakda tahlil qilib tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda muhokama qilib borish vazifasi yuklatilsin.
10. Shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (O. Boltayev)ga:
Ushbu dastur koʻrsatkichlarni. parametrlaridan kelib chiqqan holda, shahar iqtisodiyot boʻlimi bilan birgalikda ish oʻrinlari tashkil etilishi boʻyicha hududlar, tarmoqlar va korxonalar kesimida, ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlarini bajarilishining doimiy monitoringini amalga oshirsin va bu boradagi tahliliy maʼlumot hamda hisobotlarni Ishchi komissiyaga taqdim etib borish topshirilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosarlari S. Boboyev, Gʻ. Poʻlatov va M. Murodovalar zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari shahar Kengashining raisi Sh. TURSUNOV
Qarshi sh.,
2012-yil 19-iyul,
103/22-4-son
Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 2012-yil 19-iyuldagi 103/22-4-sonli qaroriga 2-ILOVA
2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash
DASTURI
