Toshkent shahrining 2013-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (1-son)
03.01.2013
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1887-son qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2012-yil 28-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2013-yilgi mahalliy budjeti toʻgʻrisida”gi 203/23-4-son qaroriga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ 1887-sonli qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2012-yil 28-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2013-yilgi mahalliy budjeti toʻgʻrisida”gi 203/23-4-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Toshkent shahrining 2013-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Tumanlar va shahar mahalliy budjetlarining 2013-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning hajmi 2-ilovaga muvofiq;
Umumdavlat soliqlaridan tumanlar mahalliy budjetlariga ajratmalar meʼyori 3-ilovaga* muvofiq;
* 3-ilova berilmaydi.
Tumanlar va shahar mahalliy budjetlarining 2013-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 4-ilova berilmaydi.
3. Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasiga tegishli mahalliy budjetlarga mablagʻlar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda, ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan), nafaqalar na ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha budjet xarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirilish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin
4. Moliya bosh boshqarmasi (N. Sabirov):
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bildirishnomasiga koʻra, budjetning daromad va xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat berilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F.T. Ziyayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. USMONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-yanvar,
1-son
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 3-yanvardagi 1-sonli qaroriga 1-ilova
Toshkent shahrining 2013-yil budjeti asosiy parametrlari
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 3-yanvardagi 1-sonli qaroriga 2-ilova
Toshkent shahar tumanlari va shahar mahalliy budjetining 2013-yil uchun daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tumanlar mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning
hajmi
