Toshkent shahri boʻyicha 2013-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida (204/23-4-son)
28.12.2012
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari” toʻgʻrisidagi PQ-1887-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi;
1. Toshkent boʻyicha 2013-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Savdo, xizmat koʻrsatish, sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti va tuman hokimliklariga 2013-yil mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazilish va amaliyotda qoʻllanilishini taʼminlash topshirilsin.
3. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashning 2011-yil 29-dekabrdagi “Toshkent boʻyicha 2012-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida”gi 121/4-16-sonli va 2003-yil 20-iyundagi Toshkent hokimining 2003-yil 16-iyundagi “Alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni berish toʻgʻrisida”gi 348-sonli qarorini tasdiqlash haqida”gi 174/12-2-sonli qarorlari 2013-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-dekabr,
204/23-4-son
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2012-yil 28-dekabrdagi 204/23-4 son qaroriga ILOVA
Toshkent shahri boʻyicha 2013-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari
* Koʻrsatib oʻtilgan stavkalar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali transport vositalari uchun sotiladigan benzin. dizel yoqilgʻisi va gaz narxi. transport vositalari isteʼmoli uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz soligʻini hisobga olgan holda aniqlanadi
** Yigʻimning 10 foizi Toshkent shahar hokimligi Savdo, xizmat koʻrsatish va isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti hisob raqamiga oʻtkaziladi va ushbu mablagʻning ishlatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 4-martdagi 42-sonli buyrugʻi bilan (roʻyxat raqami 1132-son, 2002-yil 29-aprel) tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
