Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2439-son)
22.03.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2439]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagi soliq hisobotining shakllari tasdiqlansin:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha 1-ilovaga muvofiq;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2-ilovaga muvofiq;
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq;
aksiz soligʻi boʻyicha 4-ilovaga muvofiq;
Har bir jismoniy shaxs kesimida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisidagi maʼlumot 4a-ilovaga mkvofiq;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi boʻyicha 5-ilovaga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha 6-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha 7-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 8-ilovaga muvofiq;
benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq boʻyicha 9-ilovaga muvofiq;.
yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari boʻyicha 10-ilovaga muvofiq;
davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar boʻyicha 11-ilovaga muvofiq;
davlat boji boʻyicha 12-ilovaga muvofiq;
yagona soliq toʻlovi boʻyicha 13-ilovaga muvofiq;
yagona yer soligʻi boʻyicha 14-ilovaga muvofiq;
qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha 15-ilovaga muvofiq;
bozorlar tomonidan olingan daromadlar boʻyicha 16-ilovaga muvofiq;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar boʻyicha 17-ilovaga muvofiq.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2012-yil uchun soliq hisoboti 2012-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 2011-yil 30-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 238-modda).
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-mart,
23-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-mart,
2013-8-son
