Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-3404-son)
03.03.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 23-dekabrdagi PF–3367-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF–2107-son Farmoni 13-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Biznes-fond” va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-mart,
PF-3404-son
