Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlarida turar joy fondini saqlash, unga texnik xizmat koʻrsatish tariflariga va aholidan yigʻiladigan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish tariflariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek aholi jon boshidan bir oy mobaynida qattiq va suyuq chiqindilar jamlanish meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (Q-111-son)
09.06.2012
navoiy viloyat hokimining
Qarori
“Uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida” gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-noyabrdagi 461-sonli qarori, Kommunal xizmatlari vazirligining 1999-yil 30-yanvardagi 17-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 647, 1999-yil 20-fevral) bilan tasdiqlangan “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish kommunal xizmatlari taqdim etish toʻgʻrisida”gi qoidalari, “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2002-yil 12-avgustdagi 68-sonli (roʻyxat raqami 1173, 2002-yil 13-sentabr) buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va aholi yashaydigan punktlarida uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash, kommunal xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida”gi nizomlari asosida hamda Navoiy Kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining 2012-yil 9-martdagi 5-22/315 0-sonli, 2012-yil 4-apreldagi 5-22/4168 sonli xatlari va viloyat Moliya boshqarmasining 2012-yil 10-apreldagi 01-02-02-3126-sonli xulosasini inobatga olib qaror qilaman:
1. Quyidagilar:
Navoiy Kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlari turar joy fondini saqlash, unga texnik xizmat koʻrsatish tariflari 1-ilovaga;
Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlarida istiqomat qilayotgan aholidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish tariflari 2-ilovaga;
Navoiy Kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlarida aholi jon boshidan bir oy mobaynida qattiq va suyuq chiqindilarning jamlanish meʼyorlari 3-ilovaga;
Navoiy Kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlarida aholidan yigʻiladigan qattiq va suyuq chiqindilarni yigʻib olish muddatlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2012-yil 1-iyuldan joriy etilsin.
2. Navoiy Kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tizimidagi uy-joy fondini saqlash va unga texnik xizmat koʻrsatish korxonalari aholiga oʻz vaqtida sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlasinlar.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A. Eshonqulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim E. TURDIMOV
Navoiy sh.,
2012-yil 9-iyun,
Q-111-son
Viloyat hokimining 2012-yil 9-iyundagi 111-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Navoiy Kon-metallurgiya kombinati tomonidan Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlari aholisiga koʻrsatilayotgan turar joy fondini saqlash va unga texnik xizmat koʻrsatish
TARIFLARI
Viloyat hokimining 2012-yil 9-iyundagi 111-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Navoiy Kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlari aholisidan yigʻiladigan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish xizmati
TARIFLARI
Viloyat hokimining 2012-yil 9-iyundagi 111-q-sonli qaroriga 3-ILOVA
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlarida aholi jon boshidan bir oy mobaynida qattiq va suyuq chiqindilar jamlanish meʼyorlari
Viloyat hokimining 2012-yil 9-iyundagi 111-q-sonli qaroriga 4-ILOVA
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlarida aholidan yigʻiladigan qattiq va suyuq chiqindilarni yigʻib olish muddatlari
