“Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini tasdiqlash toʻgʻrisida (79-son)
16.03.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining faoliyatini va moddiy-texnika bazasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 5-maydagi 130-son qarorini bajarish yuzasidan hamda “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti moddiy-texnika bazasini yaratish boʻyicha xarajatlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova berilmaydi
2. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahri, Niyozov koʻchasi (Kichik halqa yoʻli), 17-uy manzilida joylashgan binolar va inshootlar kompleksini tutash hududlari bilan birga, shu jumladan rekonstruksiya qilingan hamda yangidan barpo etilgan imoratlarni, shuningdek jihozlash uchun sotib olingan mebellar, anjomlar, oʻquv va laboratoriya asbob-uskunalarini, kompyuter va boshqa tashkiliy-texnikani, kutubxona fondini tezkor boshqaruv huquqi bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-mart,
79-son
