Buyurtmachining hisobot topshirishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi tomonidan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1075-3-son)
11.03.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1075-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-son “Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 137-modda.) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2001-yil 28-sentabrdagi 04-6-son qarori (roʻyxat raqami 1075, 2001-yil 27-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 20-son) bilan tasdiqlangan Buyurtmachining hisobot topshirishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi tomonidan savdo tanlovlari natijalarini kelishish va kelishishni rad etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-fevral,
1-son
