2013-yil uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va imtiyozlarni qoʻllash toʻgʻrisida (X-872/11-son)
19.11.2012
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2013-yilda mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyalariga toʻliq taqdim etilishini taʼminlash maqsadida 2012-yil 1-noyabrdan 2013-yil 1-yanvarga qadar “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (T. Nazarov)ga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2013-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish yuklatilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi yuklatilsin.
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida:
tuman “Yer resurslari va davlat kadastri” boʻlimi (A. Qayumov) va tuman “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” xizmati (F. Usmonov) 2013-yil 1-fevralga qadar 1-ilovaga* muvofiq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
* 1-ilova berilmaydi.
Tuman bosh arxitektori (U. Joʻrayev) 2013-yil 1-fevralga qadar 2-ilovaga* muvofiq 2012-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaligi va boshqalar) 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
* 2-ilova berilmaydi.
Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (B. Toʻrayev) 2013-yil 1-fevralga qadar 3-ilovaga* muvofiq, tumanda istiqomat qiluvchi, I-II-guruh nogironlari, pensionyerlar, yolgʻiz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
* 3-ilova berilmaydi.
Tuman mudofaa ishlari boʻlimi (B. Begabayev) ) 2013-yil 1-fevralga qadar 4-ilovaga* muvofiq 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud maʼlumotlarni;
* 4-ilova berilmaydi.
Tuman Sanitariya - epidemiologiya nazorati markazi (S. Doʻstboboyev) “Veterinariya xizmati” (Sh.Mavlonov) 7-ilovaga* muvofiq belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
* 7-ilova berilmaydi.
Tuman “Gaztaʼminot” idorasi (X. Salomov) 8-ilovaga* muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
* 8-ilova berilmaydi.
Tuman “Elektrtarmoqlari” idorasi (B. Majidov) 9-ilovaga* muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
* 9-ilova berilmaydi.
Tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (Sh. Haydarov) 10-ilovaga* muvofiq hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni tuman Davlat soliq inspeksiyasiga qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida 2013-yil 1-fevralga qadar 1-yanvar holati boʻyicha taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
* 10-ilova berilmaydi.
5. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimi (R. Qarshiyeva) 2013-yil 1-fevralga qadar 5-ilovaga* muvofiq tuman hududida 2011-2012-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi, notarial idoralar rahbarlari esa 6-ilovaga* muvofiq 2012-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi tavsiya etilsin.
* 5 va 6-ilovalar berilmaydi.
6. Kitob tuman hokimligi “Mahalla” oqsoqollar Kengashi (R. Jabborov), Qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislari “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” oyligi tadbirini oʻtkazishda fol qatnashishlari va joylarda uchastka soliq inspektorlari bilan jismoniy shaxslarni soliq organlarida roʻyxatga olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
7. Qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislariga — uchastka davlat soliq inspektori va “Yer resurslari va davlat kadastri” boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni 11-ilovaga* muvofiq dalolatnoma asosida rasmiylashtirish topshirilsin.
* 11-ilova berilmaydi.
8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari O. Qobulov zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xokim U. XUDOYQULOV
Kitob t.,
2012-yil 19-noyabr,
X-872/11-son
