ULUGʻNOR TUMANI MAHALLIY BUDJETINING 2013-YIL UCHUN BELGILANGAN ASOSIY KOʻRSATKICHLARI TOʻGʻRISIDA (47-k-son)
16.02.2013
Andijon viloyati Ulugʻnor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonunining 30-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2012-yil 16-noyabrdagi 576-I-sonli Oliy Majlis Senatining 2012-yil 6-dekabrdagi SQ-343-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887 sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari hamda Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1887-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning 2013-yilga moʻljallangan mahalliy budjetining daromadlar qismi soliq tushumlari boʻyicha 8610814 ming soʻm, viloyat budjetidan olinadigan subvensiya 12299999 ming soʻm, hamma daromadlar 20910813 ming soʻm miqdorida 1-ilovaga, xarajatlar qismi sohalar boʻyicha 20910813 ming soʻm miqdorida hamda 2013-yil uchun aylanma kassa mablagʻi meʼyori 125476 ming soʻm miqdorida 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Tuman moliya boʻlimi (D. Rayimjonov) budjet qonunchiligida belgilangan muddatlarda 2013-yilgi budjet parametrlarini tumandagi budjet tashkilotlariga, shuningdek umumdavlat soliqlaridan mahalliy budjetlarga 2013-yil uchun ajratmalar miqdorlarini tumandagi ixtisoslashgan bank muassasalariga yetkazish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman moliya boʻlimi (D. Rayimjonov) va gʻaznachilik boʻlimi (B. Olimov) tumandagi budjet muassasalari hamda A.T. Agro bank “Oq oltin” boʻlimi (A. Oʻrinboyev) bilan birgalikda 2013-yilning yanvar oyida 2013-yilgi budjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda 2012-yil uchun Davlat budjetining ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni oʻtkazsinlar.
5. Tuman davlat soliq inspeksiyasi (Z. Axmedov) tuman mahalliy budjetida belgilangan soliq va tushumlarni yil davomida muntazam ravishda tushirilishini taʼminlash, mavjud boqimanda qarzlarni keskin kamaytirish borasida muayyan tadbirlar ishlab chiqsin va ularni amalga oshirsin.
6. A.T. Agro bank “Oq oltin” boʻlimi (A. Oʻrinboyev) davlat daromadlaridan mahalliy budjetlarga ajratmalarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari F. Egamov, tuman davlat soliq inspeksiyasi (Z. Axmedov), tuman moliya boʻlimi (D.Rayimjonov), gʻaznachilik boʻlimi (B. Olimov) hamda A.T. Agro bank “Oq oltin” boʻlimi (A. Oʻrinboyev)larga tumanda barcha imkoniyatlarni budjetning daromadlar qismi taxmin rejalarining toʻliq bajarilishini taʼminlashga safarbar qilish, mahalliy budjetning xarajatlar qismini sifatli ijro etilishini taʼminlash, budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini qattiq nazorat qilish, bunda Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining budjet ijrosiga oid qarorlari va farmoyishlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
8. Tuman moliya boʻlimi (D. Rayimjonov) hamda A.T. Agrobank “Oq oltin” boʻlimi (A. Oʻrinboyev)lar mazkur qarorning bajarilishi toʻgʻrisida tuman hokimligiga 2013-yilning yanvar oyida 2012-yil yakuni boʻyicha axborot bersinlar.
9. Mazkur qaror Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
10. “Ulugʻnor” gazetasi (M. Qodirova)ga tuman hokimining mazkur qarori matnini gazeta sahifasida yoritish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 12-yanvar kungi 20-q sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim A. SULAYMONOV
Ulugʻnor t.,
2013-yil 16-fevral,
47-k-son
Tuman hokimining 2013-yil 16-fevraldagi 47-k-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman hokimining 2013-yil 16-fevraldagi 47-k-sonli qaroriga 2-ILOVA
