2013 yilda davlat koʻchmas mulk obʼektlari uchun belgilanadigan eng kam ijara toʻlovi stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (391-son)
25.12.2012
Namangan viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli, 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2012-yil 10-dekabrdagi 01/14-48-sonli, 14-sonli va BYu/03-04-06/182-sonli qoʻshma xatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 11-dekabrdagi 02/14-3577-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Viloyatdagi davlat tasarrufida boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari uchun belgilanadigan eng kam ijara haqining stavkalari 1-ilovaga, eng kam ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat hududidagi viloyat hamda tumanlar markazlaridan uzoqda joylashgan va togʻli hududlarda joylashgan aholi punktlari roʻyxati 3-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi qisqa muddatlarda viloyatdagi davlat egaligida boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish yuzasidan avval tuzilgan ijara shartnomalariga mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, tegishli oʻzgartirishlar kiritish choralarini koʻrish vazifalari topshirilsin.
4. Shahar va tumanlar hokimliklari, hududdagi davlat tashkilotlari bilan birgalikda balanslarida boʻlgan foydalanilmay boʻsh turgan mulklaridan samarali foydalanish ularni ijaraga berish yuzasidan viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasiga doimiy taklif va maʼlumotlar kiritib borish, boʻsh turgan obyektlar roʻyxatini mahalliy matbuot sahifalarida muntazam ravishda yoritib borish vazifalari topshirilsin.
5. Viloyat hokimligining matbuot boshqarmasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi viloyatdagi boʻsh turgan, ijaraga beriladigan obyektlar roʻyxatini muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari sahifalarida yoritib borish vazifalari yuklatilsin.
6. Namangan viloyati hokimining 2011-yil 31-dekabrdagi 334-sonli qarorining 1-2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qaror “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari X. Jalolov zimmasiga yuklansin.
Hokim B. YuSUPOV
Namangan sh.,
2012-yil 25-dekabr,
391-son
Viloyat hokimining 2012-yil 25-dekabrdagi 391-sonli qaroriga 1-ILOVA
*Uzoq qishloq va togʻli hududlardagi davlat koʻchmas mulklaridan foydalanishda ijara toʻlovlari miqdorlari 25 foizga kamaytiriladi. Uzoq qishloqlar va togʻli hududlar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan xolda viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
**Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2009-yilgi № 07/10-41-sonli yigʻilish bayonining 11-bandiga muvofiq mulk shaklidan qatʼi nazar, qishloq vrachlik punktlarida tashkil etiladigan dorixonalarga davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllaniladi.
***Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2012-yilgi № 02/1-74-sonli koʻrsatmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi savdo boshqarmalari yopiq harbiy shaharchalardagi harbiy qism va muassasalaridagi davlatga tegishli boʻlgan koʻchmas mulklarni ijaraga olgan holatlarda ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllaniladi.
Viloyat hokimining 2012-yil 25-dekabrdagi 391-sonli qaroriga 2-ILOVA
*Aholi gavjum va markaziy yoʻllarda joylashgan va unga yaqin obyektlar
**Ikkilamchi koʻchalar, infrastrukturasi rivojlanayotgan hududlarda joylashgan obyektlar.
Er maydoniga oʻrnatilgan uyali aloqa antenna qurilmalar uchun ijara toʻlovining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 10-bandiga asosan ijara haqi stavkasini eng kam miqdorida, yaʼni koeffitsiyentlar qoʻllanilmasdan belgilanadi.
Ts=Es x Kz(Kq+Kh+Ko)
Ts — bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es — bir yilga bir kv.metr uchun eng kam stavka;
Kz — hududiy zonalar koeffitsiyenti;
Kq — qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent (alohida turgan bino, binoning tom qismi, cherdak, bolaxona, yarim yertoʻla, yertoʻla);
Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti;
Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yoʻllariga chiqishda joylashish va boshqalar).
Viloyat hokimining 2012-yil 25-dekabrdagi 391-sonli qaroriga 3-ILOVA
Viloyat va tumanlar markazidan uzoqda va togʻli hududlarda joylashgan aholi massivlari
roʻyxati
